Fyodorov Italiya Mudofaa vazirining taklifiga rozi böldi
Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fyodorov Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krozettoning maslahatçisi bölişga rozilik berdi. Bu haqda Fyodorov Krozetto unga uşbu lavozimni taklif qilganini oşkora aytganidan bir oy ötib malum qildi.
“Uşbu rolda men Italiyaga zamonaviy uruş texnologiyalarini rivojlantiriş, mudofaa sohasini takomillaştiriş va xavfsizlik sohasidagi yangi çaqiriqlarga moslaşişga yordam beraman”, deb yozdi Fyodorov özining Facebook’dagi sahifasida.
Şu bilan birga, u Ukrainada “Ukraina mudofaasini mustahkamlaydigan va xalqaro resurslarni jalb qilişga yordam beradigan” loyihalar ustida işlaşni davom ettirişini aytgan. Fyodorov Ukrainada aynan qaysi lavozimni yoki iş formatini saqlab qolişiga aniqlik kiritmagan. Hozirda u öz jamoasi bilan xalqaro xizmat safarida bölib, safar davomida Krozetto bilan uçraşgan.
Eslatib ötamiz, Italiya vazirining taklifi haqida 25 iyul kuni malum bölgan edi. Öşanda Krozetto “La Repubblica” naşriga Fyodorov Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari lavozimidan istefoga çiqqanining ertasi kuniyoq unga qönğiroq qilib: “Qaçon Rimga kelib, men bilan maslahatçi sifatida işlaşni xohlaysan?” deb söraganini aytgandi. Krozettoning sözlariga köra, Fyodorov “tasirlangan” va taklifni hurmat hamda döstlik izhori sifatida qabul qilgan.