Sobiq mudofaa vaziri Fedorov Zelenskiyga qarşi saylov ötkazişga çaqirdi
Ukrainaning yaqinda lavozimidan ozod etilgan sobiq mudofaa vaziri Mixaylo Fedorov mamlakatda uruş davom etayotganiga qaramay prezidentlik saylovlarini ötkazişga çaqirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Fedorov keça, 18 avgust kuni keçqurun internetda elon qilingan 9 daqiqalik videomurojaatida Ukraina “uzoq davom etayotgan uruş şaroitida ham töliq demokratik jarayonni tiklaşi” kerakligini aytgan.
“Demokratiya Rossiya tomonidan garovga olinişi mumkin emas. Biz aynan erkin Yevropa davlati bölib qolişni istaganimiz uçun kuraşyapmiz”, degan u.
Sobiq vazir Prezident Vladimir Zelenskiyning nomini tilga olmagan bölsa-da, mamlakatda davlat boşqaruvi samarasiz işlayotgani va milliy favqulodda holatga qaramay korruptsiya muammosi hal etilmayotganini tanqid qilgan.
“Odamlar qarorlar nima uçun qabul qilinayotganini tuşunmaydigan holatda çeksiz yaşay olmaydi. Nega ayrim islohotlar oldinga siljiydi, boşqalari esa tösib qöyiladi”, degan Fyodorov.
U Ukraina uruş olib boriş bilan bir vaqtda umummilliy saylov ham ötkazişi mumkinligini takidlagan.
“Jamiyatda lavozimga tayinlaşning asosiy mezoni professionallik, natija yoki mamlakatni özgartiriş qobiliyati emas, balki tizimga şaxsiy sadoqat degan tuşunça paydo bölişi, ayniqsa xavfli”, degan siyosatçi.
Ukrainada Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanganidan keyin harbiy holat joriy etilgan va şu paytdan beri saylovlar töxtatilgan. Zelenskiyning 5 yillik prezidentlik muddati 2024 yil may oyida tugagan, ammo uruş davom etayotgan bir paytda Ukrainada saylov ötkazişga talab kuçli bölmagan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham avvalroq Ukrainada saylov ötkazilişini talab qilgan edi. Biroq uning Zelenskiy bilan avval keskin bölgan munosabatlari sönggi bir yilda Kiyev jang maydonida özini himoya qila olişini körsatgani sayin yaxşilangan.
Tahlilçining aytişiça, Ukraina jamiyatida saylovlar zarur, ammo ular uruşning faol bosqiçi tugaganidan keyin ötkazilişi kerak, degan “çuqur ildiz otgan qaraş” mavjud.
Eslatib ötamiz, Fedorov şu oyda mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgandi va bu qaror Ukrainada uruş davridagi kamsonli norozilik namoyişlariga sabab bölgandi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy unga boşqa lavozimlarni taklif qilgan, ammo Fedorov avvalgi vazifasidan boşqa heç qanday davlat lavozimini qabul qilmasligini bildirgan.
Şuningdek, Italiya Mudofaa vaziri Guido Krozetto ham Fedorovga özining maslahatçisi sifatida işlaşni taklif qilgandi.