“Xalq – hokimiyat”. Minglab ukrainaliklar Fyodorov uçun namoyiş ötkazdi
Keça, 31 iyul kuni Kiyev markazida minglab ukrainaliklar namoyişga çiqib, Prezident Vladimir Zelenskiydan sobiq mudofaa vaziri Mixaylo Fyodorovni lavozimiga qaytarişni talab qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Mixaylo Fyodorov joriy yilning yanvar oyida Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlangan edi. Biroq iyul oyi örtalarida hukumatdagi kutilmagan va sabablari yetarliça izohlanmagan kadrlar almaşinuvi doirasida u lavozimidan ozod qilindi.
Qayd etilişiça, şundan buyon ukrainaliklar Prezident administratsiyasi binosi yaqinida muntazam namoyişlar ötkazib, Fyodorovni öz lavozimiga qaytarişni talab qilmoqda. Fyodorov esa öziga taklif qilingan boşqa davlat lavozimlarini qabul qilmasligini bildirib, faqat Mudofaa vaziri sifatida işlaşni istayotganini malum qilgan.
Namoyiş iştirokçilaridan biri, IT sohasida işlovçi 40 yoşli Aleksandrning aytişiça, odamlarni qarorning sabablari oçiq tuşuntirilmagani norozi qilmoqda.
Dastlab, Zelenskiy Fyodorovni öşa paytdagi Ukraina Qurolli kuçlari Boş qömondoni Oleksandr Sirskiy bilan jiddiy kelişmovçilik sabab lavozimidan olganini aytgan. Biroq jamoatçilik bosimi ortidan Sirskiy ham oradan bir hafta ötib vazifasidan ozod etilgan.
Keyinçalik Fyodorov mudofaa tizimidagi ehtimoliy korruptsiyaga qarşi kuraşgani sabab lavozimidan çetlatilgani haqidagi taxminlar paydo bölgan. Fyodorov yaqinda bergan intervyusida bu taxminlarga işora qilgan bölsa-da, tafsilotlarni oçiqlamagan.
Keça, 31 iyul kuni namoyişçilar Prezident etiborini tortiş maqsadida Kiyevning tarixiy markazi böylab yuriş qilib, poytaxtning markaziy köçasi – Xreşatikka çiqqan. Ayrim namoyişçilar Rossiyaga qarşi uruşda ğalaba qozoniş uçun armiyani texnologik modernizatsiya qiliş muhimligini takidlagan. Ularning fikriça, aynan Fyodorov bu islohotlarning asosiy taşabbuskorlaridan biri bölgan.
Fyodorovning istefosi Ukraina Rossiya harbiy va energetika obektlariga çuqur zarbalarni kuçaytirib, frontda muvaffaqiyatlar qayd etayotgan davrga töğri kelgan.
Hozirça Zelenskiy öz qarorini bekor qiliş niyatida emas. U Davlat xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Yevgeniy Xmarani Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi etib tayinlagan. Ukraina qonunçiligiga köra, Mudofaa vaziri lavozimi fuqarolik lavozimi hisoblanadi.
Kiyevdagi Yevropa siyosati instituti direktori Matteo Mekaççining fikriça, yangi oliy harbiy qömondon etib Mixaylo Drapatiyning tayinlanişi ayrim ukrainaliklarning işonçini tiklaşi mumkin, biroq bu inqirozni töliq bartaraf etmaydi.
Namoyiş taşkilotçisi, uruş faxriysi Dmitro Kozyatinskiy esa Zelenskiy Fyodorovga mudofaa sohasidagi islohotlarni amalga oşiriş uçun kamida bir yil imkoniyat berişi, şundan keyingina uning faoliyatiga baho berişi kerakligini aytgan.
Namoyişçilar “Xalq – hokimiyat” deya şiorlar aytib, hukumat ularning talabini bajarmagunça norozilik aktsiyalarini davom ettirişlarini bildirgan. 38 yoşli tadbirkor Irinaning sözlariga köra, ular ortga çekinmoqçi emas.
“Biz şoşilmayapmiz. Biz şu yerdamiz va qolamiz. Bizda boşqa tanlov yöq”, degan u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuçlari rahbariyati bilan Rossiyaning havo hujumlari oqibatlari, front çiziğidagi vaziyat hamda dengiz eksport yölagi faoliyatini muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.