USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Biz asta-sekin yutqazyapmiz”. Fedorov Kiyevni tanqid qildi

161 марта
“Биз аста-секин ютқазяпмиз”. Федоров Киевни танқид қилди

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorov mamlakatning Rossiyaga qarşi uruş olib boriş yondaşuvini tanqid qildi. Uning aytişiça, Ukraina hukumatida uruşda qanday ğalaba qozoniş böyiça yagona qaraş mavjud emas. Bu haqda Fedorov “Reuters” agentligiga bergan intervyusida malum qildi.

Fedorovning fikriça, çuqur ildiz otgan korruptsiya va homiylik tarmoqlari, şuningdek, davlat muassasalarida siyosiy mustaqillikning yöqligi ham mamlakatni orqaga tortmoqda.

“Menimça, hozir bizning uruşdagi keyingi yönalişimizni belgilaydigan buriliş nuqtasi yuzaga kelmoqda. Ammo biz asta-sekin yutqazyapmiz”, degan Fedorov.

Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri mamlakatni innovatsiyalarni sekin joriy etayotgani va korruptsiya mavjudligi uçun ham tanqid qilgan. Uning sözlariga köra, Ukraina uruşdagi vaziyatni özgartiriş uçun suniy intellekt boşqaruvidagi dronlar, arzon raketa tutqiçlari va ballistik raketalarni işlab çiqişga etibor qaratişi kerak.

Fedorovning aytişiça, ukrainalik işlab çiqaruvçilar allaqaçon uşbu texnologiyalar ustida işlamoqda. Biroq ularning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalaniş uçun mamlakatga yagona strategiya kerak.

“Rossiyaliklarni töliq töxtata oladigan texnologiyalar allaqaçon mavjud. Ammo bizda aniq qaraş yöqligi sababli ulardan foydalanmayapmiz”, degan u.

Fedorov, şuningdek, Ukraina davlatining samaradorligi pastligini takidlagan. Uning fikriça, davlat tizimi bor-yöği “5 foiz quvvat bilan” işlamoqda.

Zelenskiy idorasi Fedorovning bayonotlariga munosabat bildirib, u yaqindagina mudofaa vaziri lavozimida işlab turgan paytida uruşning Ukraina uçun borişini ijobiy baholaganini aytgan.

Malumot uçun, Mixail Fedorov Vladimir Zelenskiy jamoasining sobiq azosi. U Zelenskiy hukumatida raqamli transformatsiya vaziri va mudofaa vaziri lavozimlarida işlagan.

Eslatib ötamiz, Fedorov Mudofaa vaziri lavozimidan 2026 yil iyul oyida, atigi yarim yil işlaganidan söng böşatilgandi.

Ukraina Prezidenti Fedorovga hukumatdagi boşqa lavozimlarni taklif qilgan. Ammo u faqat mudofaa vaziri lavozimiga qaytişga rozi bölişini bildirgan.

Fedorovning işdan olinişi atrofidagi mojaro davomida uning siyosiy tasiri ham kuçaygan. U Ukrainada bölib ötişi mumkin bölgan prezidentlik saylovlari böyiça yopiq sörovlardan birida uçinçi örinni egallagan. Şundan köp ötmay, Fedorov uruş tugaşini kutmasdan Ukrainada saylovlar ötkazişga çaqirgan. Zelenskiy idorasi esa bu taklif “realizmning töliq yöqligini” körsatişini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: