USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Misrda avtobus ağdarilişi oqibatida 16 kişi halok böldi

65 марта
Мисрда автобус ағдарилиши оқибатида 16 киши ҳалок бўлди

Misrning Janubiy Sinay viloyatidagi Dahab – Nuveyba yölida avtobus ağdarilişi oqibatida 16 kişi halok böldi, yana 28 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa bugun, 2 sentyabr kuni Dahab va Nuveyba şaharlarini boğlovçi yölda, Nuveyba şahri tomon harakatlaniş yönalişidagi Saada hududi yaqinida sodir bölgan. Misr Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, dastlabki hisob-kitoblarda 16 kişi voqea joyida halok bölgani, 28 nafar yölovçi esa jarohat olgani aniqlangan.

Hodisa haqida xabar olinişi bilan qutqaruv xizmatlari 20 ta tez yordam maşinasini voqea joyiga yuborgan. Jarohatlanganlar birinçi tibbiy yordam körsatilganidan keyin yaqindagi şifoxonalarga olib ketilgan.

Misr Soğliqni saqlaş vaziri Xolid Abdulğaffor jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam körsatiş va dori-darmon hamda boşqa tibbiy vositalar bilan taminlaş böyiça körsatma bergan. Vazirlik hodisa bilan boğliq vaziyatni kuzatib bormoqda, tibbiy jamoalar esa jarohatlanganlarning ahvolini nazorat qilmoqda.

Hozirça avtobus halokatining aniq sababi, şuningdek, halok bölganlar va jabrlanganlarning şaxsi hamda fuqaroligi haqida rasmiy malumot berilmagan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar hodisa yuzasidan tegişli çoralarni körmoqda va uning sabablarini aniqlaş işlari olib borilmoqda.

Malumot uçun, Dahab va Nuveyba Janubiy Sinayning Qizil dengiz sohilidagi maşhur sayyohlik şaharlari hisoblanadi. Hudud xorijlik sayyohlar, xususan, suv ostiga şönğiş bilan şuğullanuvçilar orasida maşhur.

Eslatib ötamiz, avvalroq Misrning Yangi Qohira şahridagi savdo markazida geliy balloni portlaşi oqibatida 3 kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlangandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: