Kafedagi portlaşda 7 kişi halok böldi
27-02-2026, 10:17
1 011 марта

Kafedagi portlaşda 7 kişi halok böldi
Qozoğistonning Oqmöla viloyatida kafe portlaşi oqibatida 7 kişi halok böldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.Malum bölişiça, bugun, 27 fevralga ötar keçasi Şuçinsk şahridagi beş qavatli turar-joy binosiga ulangan kafeda gaz-havo portlaşi sodir bölgan.
Tezkor malumotlarga köra, jami 26 kişi jarohat olgan, ulardan 7 nafari vafot etgan. Qurbonlar orasida 16 yoşli qiz ham bor.13 kişi Burabay tuman kasalxonasiga yotqizilgan. 6 kişi ambulatoriya kuzatuviga qöyilgan. Soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan qöşimça tibbiy guruhlar tuzilgani aytilgan.
“Barça zarur resurslar safarbar qilindi. Mutaxassislar, dori-darmonlar va tez tibbiy yordam samolyotlari zarar körgan hududga yuborildi. Voqea joyida mintaqaviy işçi guruh işlamoqda. Hodisa sababi örganilmoqda. Oqmöla viloyati hokimligi marhumlarning oilalari va jarohatlanganlarga barça zarur yordamni körsatadi”, deyilgan hokimlik bergan xabarda.
Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasining malumotlariga köra, asosiy jarohatlar turli darajadagi, maydon va çuqurlikdagi termik kuyişlardir. Bemorlarning ahvoli doimiy tibbiy nazorat ostidaligi aytilgan.