Rossiya qöşinlari Odessani bombladi
Rossiya qöşinlari bugun, 2 sentyabrga ötar keçasi Odessa şahri va Odessa viloyatiga raketa hamda dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Odessa şahar harbiy mamuriyati rahbari Sergey Lisakning malum qilişiça, hujum oqibatida 8 kişi, jumladan, bir bola jarohatlangan. Ikki nafar jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan.
Şuningdek, avtomobillar, ofis binolari va ikkita talim muassasasiga zarar yetgan. Bundan taşqari, 24 qavatli turar joy binosi zararlangan, ayrim qavatlardagi xonadonlar vayron bölgan, qöşni binolarning derazalari singan.
“Suspilne” xabariga köra, Odessaning ayrim hududlarida elektr taminoti uzilgan, şahar elektr transporti faoliyati töxtatilgan. Peresip tumanida esa suv taminotida uzilişlar kuzatilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa zarbalar Odessa portidagi uçuvçisiz katerlar işlab çiqaruvçi korxona va yonilği saqlanadigan rezervuarlarga berilganini malum qilgan.
Şuningdek, Rossiya kuçlari keçasi Poltava viloyatidagi sanoat obektiga ham hujum qilgan. Bu haqda viloyat harbiy mamuriyati boşliği Vitaliy Dyakivniç malum qilgan. Qayd etilişiça, Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati bölinmalari hujum sodir bölgan joyda işlamoqda. Lubniy tumanida esa Rossiya droni oçiq maydonga qulagan. Har ikki hodisada ham qurbonlar haqida malumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, keça, 1 sentyabr kuni Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyev va uning atrofiga uyuştirgan havo hujumlari oqibatida 4 kişi halok bölib, 14 dan ortiq odam jarohatlangan edi.