Qizil töy: AQŞ Erondagi töyxonaga zarba berdi. Bolalar va ayollar qurbon böldi
Eron rasmiylari AQŞ harbiylari mamlakat janubidagi Surik şahrida töy marosimi ötkazilayotgan uyga zarba berganini, oqibatda kamida 5 kişi, jumladan yoş bola halok bölganini malum qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiyning aytişiça, “şafqatsiz” hujum bugun, 2 sentyabr kuni ertalab Surik şahridagi Kuhestak aholi punktida joylaşgan uyga uyuştirilgan. Uning malum qilişiça, hujum oqibatida ayollar va bolalar ham bor 50 dan ortiq kişi halok bölgan yoki jarohatlangan.
Eronning “Press TV” telekanali kamida 5 kişi halok bölganini xabar qilgan.
Eron Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiysi Husayn Kermonpur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida halok bölganlar orasida yoş bola ham borligini yozgan. U, şuningdek, hujumdan keyin hududda elektr taminoti va telefon aloqasi uzilganini malum qilgan.
Eron Qizil Yarim Oy jamiyati tarqatgan videolarda binolardan birining devorlari va derazalari portlaş oqibatida vayron bölgani, yerda esa quriliş materiallari soçilib yotganini köriş mumkin. Taşkilot, şuningdek, bir neçta bolaning şifoxonada davolanayotgani aks etgan suratlarni ham elon qilgan.
Surik viloyati gubernatori Reza Şahidiyon davlat telekanali IRIB'ga bergan intervyusida hujum natijasida 63 kişi jarohatlanganini bildirgan. U jabrlanganlarning 50 nafari ayollar va bolalar ekanini aytgan. Gubernatorning malum qilişiça, barça jarohatlanganlar yaqindagi Minob şahridagi şifoxonaga olib borilgan va ularning ahvoli barqaror.
Yarim rasmiy “Fars” agentligi portlaşdan omon qolgan bolaning hikoyasini ham tarqatgan. Bolakayning aytişiça, u voqea joyiga yetib kelişidan oldin qiruvçi samolyotlar ovozini eşitgan.
“U yerga kelganimizda portlaş sodir böldi. U juda kuçli edi. Ğişt, toş va tsement yuzim hamda boşimga urildi, köplab odamlar jarohatlandi. Hamma oddiy tinç aholi edi”, degan bola.
Bu xabarlar, avvalroq AQŞ harbiylari Eronga qarşi yangi zarbalar tölqini boşlanganini malum qilgani haqidagi xabarlardan keyin tarqaldi. AQŞ Markaziy qömondonligi zarbalar Eronning harbiy obektlariga qaratilganini va bunga Eron Islom inqilobi qöriqçilar korpusining Hormuz böğozidagi tijoriy kemalarga qarşi hujumlarga urinişi sabab bölganini bildirgandi.
Şuningdek, Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Baqoiy xalqaro hamjamiyatni AQŞ harakatlariga qarşi çora körişga çaqirgan.
“Bu şafqatsizlik undan oldin sodir bölgan jinoyatlar zanjiridan alohida emas”, degan u.
Baqoiy uruşning birinçi kuni Minob va Lamerd şaharlariga berilgan zarbalarni ham tilga olgan. Uning takidlaşiça, Minobda AQŞ kuçlari boşlanğiç maktabga zarba berişi oqibatida 150 dan ortiq kişi halok bölgan, Lamerdda esa sport zaliga berilgan zarba natijasida kamida 21 kişi halok bölgan.
“Eron bu vahşiy jinoyatlarga qatiyat bilan javob qaytaradi”, degan Baqoiy.
U xalqaro taşkilotlar va hukumatlarni hodisalarga nisbatan sukut saqlamaslikka çaqirib, bunday holatlarda jim qoliş betaraflik emasligini takidlagan. Şu bilan birga, yarim rasmiy “Tasnim” agentligi Kuhestakdan taşqari Eronning boşqa sohilböyi şaharlarida ham portlaşlar sodir bölganini xabar qilgan. Ular orasida Konarak, Bandar-Abbos, Josk, Asaluye va Ahvoz şaharlari, şuningdek, Qeşm oroli bor.
Eron rasmiylarining AQŞ töy marosimiga zarba bergani haqidagi ayblovi hozirça mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.