Bişkekdagi “podium”: birinçi xonimlar qanday liboslarda köriniş berdi?
Qirğizistonning Bişkek şahri sönggi kunlarda nafaqat siyosiy muzokaralar, balki nafis obrazlar bilan ham etibor markazida böldi. ŞHT sammiti doirasidagi tadbirlarda iştirok etgan birinçi xonmlarning liboslari turli mamlakatlarning milliy uslubi, zamonaviy moda va rasmiy uslub uyğunligini namoyiş etdi.
Joriy yilning 31 avgust kuni Bişkekda Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov va birinçi xonim Oygul Japarova dastlab Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin va uning rafiqasi, Xitoyning birinçi xonimi Pen Liyuanni kutib olgan.
Xitoyça klassika
Xitoyning birinçi xonimi Pen Liyuan taşrif uçun yergaça tuşadigan kök rangli köylakni tanlagan. Libos dizaynida ananaviy xitoy qipao kiyimining elementlari yaqqol közga taşlanadi. Töğri biçim unga nafis va vazmin köriniş bergan.

Pen Liyuan maşhur xalq qöşiqçisi bölgan va Xitoy televideniyesining asosiy Yangi yil kontsertlarida muntazam iştirok etgan. U köp yillar davomida harbiy ansambl tarkibida ham faoliyat yuritgan. Xalq qöşiqlari yönalişida magistr darajasini olgan Xitoydagi ilk ijroçilardan biri sifatida Pen Liyuan köplab qöşiq tanlovlarida mukofotlarga sazovor bölgan.
U, ayniqsa, qizlar va ayollar talimi masalalariga katta etibor qaratadi. 2014 yilda UNESCO uni qizlar va ayollar talimini rivojlantiriş böyiça maxsus elçi etib tayinlagan.
.png)
Xorijiy safarlari davomida Pen Liyuan köplab talim muassasalari va bolalar şifoxonalariga taşrif buyurgan. U, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining sil kasalligi va OIV/OITSga qarşi kuraş böyiça ezgu niyat elçisi hisoblanadi.
Pen Liyuanning öziga xos uslubi bor. U ananaviy xitoy silueti, zamonaviy moda va puxta öylangan diplomatik garderobni uyğunlaştiradi. U köpinça ananaviy xitoy kiyimlarining zamonaviy va vazmin talqinlarini tanlaydi. Bular orasida tik yoqali köylaklar, xitoyça tugmaçali jaketlar, ananaviy naqşlar, kaştalar, simmetrik detallar hamda xitoyça bezaklardan foydalanilgan matolar bor.
Şarqona nafislik
31 avgust kuni Bişkekka taşrif buyurgan Özbekistonning Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva naqşli köylak va kamarli töq rangli pidjakda köriniş bergan. Past poşnali tufli uning klassik obrazini yanada töldirgan.

Prezidentlarning turmuş örtoqlari qirğiz xalq amaliy bezak sanati ustalarining asarlari körgazmasi bilan tanişgan “Ala-Arça“ davlat qarorgohida Mirziyoyeva nafis oç puşti rangdagi yubka va jaketdan iborat töplamda köriniş bergan.

Ziroat Mirziyoyeva mutaxassisligi böyiça muhandis-iqtisodçi. U 2020 yildan buyon xalqaro jamoat fondi – “Zamin“ vasiylik kengaşiga rahbarlik qiladi. Fond faoliyati uç yönaliş – atrof-muhitni muhofaza qiliş, ijtimoiy soha va xayriya işlarini qamrab oladi.
2025 yilda Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol röyxatiga kiritilgan.
Mutaxassislar uning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlaş va davolaş böyiça taşabbuslarni ilgari suriş, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda oğir kasalliklarga çalingan bolalarning yaşab qoliş körsatkiçlarini oşirişga qaratilgan global harakatni qöllab-quvvatlaşdagi hissasini qayd etgan.
Rasmiy va xalqaro tadbirlarda Ziroat Mirziyoyevaning uslubi vazmin va nafisligi bilan ajralib turadi. U ananaviy özbekona unsurlarni zamonaviy klassika bilan uyğunlaştiradi.
Yevropa klassikasi
Ozarbayjonning birinçi xonimi Mehribon Aliyeva postsovet hududidagi eng közga köringan birinçi xonmlardan biri hisoblanadi. U “Manas” aeroportiga yengil yaltiroq matodan tikilgan, yenglari kengayib boruvçi qora bluzka va oq şimda yetib kelgan. Bu parvoz uçun zamonaviy “smart-casual” uslubidagi obraz bölgan. Töq rangli közoynak va silliq turmak uning qiyofasiga jiddiylik bağişlagan.

Köçmançilar öyinlarining oçiliş marosimida Mehribon Aliyeva oç rangli, töğri biçimli, uzun yengli va baland yoqali maksi-köylakda köriniş bergan. Kumuşrang sumka esa obrazga yorqin aktsent bölgan.

Mutaxassisligi böyiça Mehribon Aliyeva oftalmolog-şifokor. U 2004 yildan buyon ijtimoiy, talim, madaniy va gumanitar loyihalar bilan şuğullanuvçi Haydar Aliyev jamğarmasiga rahbarlik qiladi. U ön yil davomida Milliy Majlis deputati bölgan. 2017 yil fevralida Ozarbayjonning birinçi vitse-prezidenti etib tayinlangan va hozir ham uşbu lavozimni egallab turibdi. 2022 yilgaça UNESCÖning ezgu niyat elçisi sifatida faoliyat yuritgan.
Kiyim borasida u nafis vazminlik, sokin ranglar va aniq çiziqlarni afzal köradi.
Qirğizça etno-uslub
Oygul Japarovaning ommaviy qiyofasi Mehribon Aliyeva va Ziroat Mirziyoyevanikidan sezilarli darajada farq qiladi. U qirğiz milliy madaniyatiga köproq urğu beradi, biroq uni zamonaviy diplomatik garderob bilan uyğunlaştirişga harakat qiladi. Milliy unsurlar uning ommaviy obrazining öziga xos qismiga aylangan.

Butunjahon köçmançilar öyinlarining oçiliş marosimida Qirğizistonning birinçi xonimi uzun yengli, oç rangli bluzka va naqşli, teksturali matodan tikilgan uzun yubkada bölgan.

“Ala-Arça“ davlat qarorgohida esa Oygul Japarova mayda naqşli matodan tikilgan, uzun yengli va böyin qismida yumşoq bantli midi-köylakda mehmonlarni kutib olgan.
Oygul Japarova I.Arabayev nomidagi Qirğiz davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomlagan. U “Umut bulagi“ jamoat fondiga asos solgan. Fondning asosiy maqsadi onalar va bolalarni qöllab-quvvatlaş bölgan. 2022 yilda uşbu fond yopilgaç, u şu yönalişdagi yangi “Ene-balaga tirek“ fondiga rahbarlik qilişda davom etgan.
Qirğizistonning birinçi xonimi jamoatçilik faoliyatida asosan ijtimoiy va gumanitar masalalar bilan şuğullanadi, prezidentning xorijiy safarlarida unga hamrohlik qiladi hamda ayollar, bolalar, talim va soğliqni saqlaş masalalari bilan şuğullanuvçi taşkilotlar vakillari bilan mustaqil uçraşuvlar ötkazadi.
Vazmin nafislik
Turkiyaning birinçi xonimi Emina Erdöğanning uslubi vazmin va konservativ. Uning garderobida yopiq biçimdagi kiyimlar – uzun köylaklar, yubkalar va paltolar, şuningdek, römol öraş uslubi ustunlik qiladi. Liboslari köp qatlamli va keng biçimli bölişi bilan ajralib turadi. Şu bilan birga, u kaşta, broş va taqinçoqlarni ham yaxşi köradi.

“Ala-Arça“ davlat qarorgohiga taşrifi vaqtida Emina Erdöğan klassik obrazda bölgan. Uning osmonrang çoponidagi yoqa va kengayib boruvçi yenglarda ananaviy uslubdagi kaştali naqşlar asosiy bezak vazifasini bajargan.

Turkiyaning birinçi xonimi Emina Erdöğan “Akşam” sanat maktabida tahsil olgan, biroq oçiq manbalarga köra, öqişini yakunlamagan. U asosan ijtimoiy, gumanitar, ekologik va madaniy loyihalar bilan şuğullanadi. Şuningdek, turk madaniyati, ananaviy hunarmandçilik va barqaror istemol ğoyalarini faol tarğib qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston, Turkiya, Xitoy va Ozarbayjon birinçi xonimlari Qirğizistonning birinçi xonimi Oygul Japarova hamrohligida Bişkek şahrida taşkil etilgan noyob qöl mehnati mahsulotlari körgazmasiga taşrif buyurib, bolalar jamoalari ijrosidagi kontsert dasturini tomoşa qilgani haqida xabar berilgan edi.