Rossiya Kiyevdagi dars bölayotgan universitetga zarba berdi
Rossiya qöşinlari bugun, 2 sentyabr kuni Kiyevdagi universitetlardan biriga darslar davom etayotgan paytda “Şahed“ dronlari bilan zarba berdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy malum qildi.
Uning sözlariga köra, hujum vaqtida universitetda 160 nafar talaba bölgan. Ularning barçasi boşpanaga yaşiringan. Şu sababli talabalar orasida qurbonlar bölmagan.
Şuningdek, Zelenskiy Rossiya kuçlari tunda Odessa şahriga ham hujum qilganini aytgan. Hujum oqibatida turarjoy binosi va şahar infratuzilmasiga zarar yetgan. Beş kişi, jumladan, bir bola jarohatlangan.
Xersonda esa Rossiya kuçlari favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari joylaşgan binoga zarba bergan. Xarkov viloyatidagi hujumlar oqibatida minglab odamlar elektr taminotisiz qolgan. Şuningdek, hududda jarohatlanganlar borligi malum qilingan.
Ukrainaning köplab hududlarida reaktiv dronlar va aviabombalar qöllanişi xavfi sabab havo hujumi haqida ogohlantirişlar davom etgan.
Zelenskiy Rossiyaning hujumlari kuçayib borayotganini takidlab, xalqaro hamjamiyat va dunyoning eng nufuzli davlatlari yetakçilarining bunga munosabati yetarli emasligini aytgan.
“Rossiya va Eronning “Şahed”lari Yevropada keça-yu kunduz terror uyuştirayotgan bir paytda, bu faqat mamlakatimizning muammosi bölib qolmasligi kerak“, degan Ukraina Prezidenti.
Uning qayd etişiça, Ukrainaga qilingan har bir zarba, “Şahed“lar va boşqa qurollarning şahar hamda qişloqlarga qarşi qöllanilişi Rossiyaning boşqa mamlakatlar va xalqlarga qarşi işlatişga tayyorlayotgan taktikasini sinovdan ötkazayotganini anglatadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya qöşinlari Odessa şahri va Odessa viloyatiga raketa hamda dronlar bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.