Rossiyaliklar ommaviy ravişda Özbekistonga çipta sotib olişni boşladi
Rossiyalik sayyohlar joriy yilning kuzida Özbekistonga aviaçiptalarni faol ravişda ommaviy bron qilmoqda. Bu haqda “Tutu” sayohat servisi malumotlariga tayanib,“Lenta” xabar berdi.
Qayd etilişiça, kuzgi aviaçipta bronlari uluşining ösişi böyiça Özbekiston mamlakatlar orasida birinçi örinni egallagan. Ösiş 5,2 foiz bandni taşkil etgan. Ikkinçi örinda Turkiya, undan keyingi örinlarda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya qayd etilgan.
Şuningdek, Belarus va Qozoğistonga aviaçipta bron qiliş uluşi kamaygan.
Mehmonxonalarni bron qiliş böyiça esa joriy yilning kuzida eng katta ösiş Xitoyda kuzatilgan bölib, bu körsatkiç 4,2 foiz bandga oşgan. Özbekiston 3,2 foiz bandlik ösiş bilan ikkinçi örinni egallagan. Biroq mehmonxonalarni bron qiliş soni böyiça Belarus, Abxaziya va Turkiya yetakçilikni saqlab qolgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Centrum Air aviakompaniyasiga nisbatan etirozli murojaatlar elon qilingani haqida xabar berilgan edi.