USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonga pul ötkazmalarida Rossiyaning uluşi kamayişda davom etyapti

71 марта
Ўзбекистонга пул ўтказмаларида Россиянинг улуши камайишда давом этяпти

Joriy yilning birinçi çoragidagi malumotlarga köra, Özbekistonga xorijdan kelib tuşgan pul ötkazmalarida Rossiyaning uluşi 77,6 foizdan 72,4 foizgaça pasayib, Rossiyada patent asosida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolari soni ötgan çorakka nisbatan 8,8 foizga kamaygan. Bu haqda Markaziy bank elon qilgan 2026 yil I çoragiga doir mehnat bozori şarhida keltirilgan.

Qayd etilişiça, joriy yilning I çoragida aholi harakatlanuvçanligi (mobilligi) ösişda davom etgan. Uşbu davrda xorijga çiqqan Özbekiston fuqarolari soni 1,63 mln nafarni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga oşgan.

Bundan taşqari, joriy davrda havo yöllari transportida taşilgan yölovçilar soni sezilarli oşib, 2,25 mln nafarni taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga yuqori bölgan.

Sönggi mavjud malumotlarga köra, 2026 yil I çoragida Rossiyada patent asosida mehnat faoliyatini amalga oşirgan Özbekiston fuqarolari soni 1,34 mln nafarni taşkil qilgan. Bu ötgan çorakka nisbatan 8,8 foizga, ötgan yilning mos davriga nisbatan esa 1,8 foizga kam bölib, mavsumiy omillar hamda taşqi mehnat bozori şaroitlaridagi özgarişlar bilan izohlanişi mumkin.

Markaziy bankning bildirişiça, mehnat migratsiyasi yönalişlarini diversifikatsiya qiliş jarayoni davom etmoqda. Xususan, Turkiyaga migratsiya böyiça rasmiy ruxsatnomalar soni oşib bormoqda. Turkiya Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiyani boşqariş organi malumotlariga köra, I çorakda bunday ruxsatnomalar soni qariyb 70 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga oşgan.

Janubiy Koreyada bölib turgan Özbekiston fuqarolari soni ham I çorakda barqaror ösişni davom ettirib, 99,6 ming nafarga yetgan.

Şuningdek, pul ötkazmalari hajmi ham 2026 yil I çoragida ösiş tendentsiyasini saqlab qolib, 3,8 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan va ötgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oşgan.

Pul ötkazmalari tarkibida ham mamlakatlar kesimida diversifikatsiya jarayonlari davom etgan. Xususan, 2026 yil I çoragida Rossiyadan kelib tuşgan pul ötkazmalarining uluşi ötgan yilning mos davridagi 77,6 foizdan 72,4 foizgaça pasaygan. Bunga asosiy sabab qilib, yil boşidan patent tölovlarining oşişi, rubl kursining nisbatan mart oyida qadrsizlanişi, hamda mehnat migratsiyasi yönalişlarining kengayişi körsatilgan.

Şu bilan birga, umumiy pul ötkazmalarida Qozoğistonning uluşi 1 foiz bandga oşib 4,1 foizni, Yevropa davlatlarining uluşi 1 foiz bandga oşib 3,3 foizni, Janubiy Koreyani uluşi 0,6 foiz bandga oşib 4,1 foizni taşkil etgan. Boşqa davlatlar uluşi esa 2,6 foiz bandga oşib, 16,2 foizga yetgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yilning birinçi çoragida Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari orqali kelib tuşgan mablağlar hajmi 13 foizga oşib, 3,8 mlrd dollarni taşkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: