USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Paşinyan ŞHT+ sammitida rusça gapirmagani uçun “ayblanmoqda”

118 марта
Пашинян ШҲТ+ саммитида русча гапирмагани учун “айбланмоқда”

Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga (MDH) azo davlatlar rahbarlari orasida Bişkekdagi ŞHT+ sammitida rus tilida nutq sözlamagan yagona davlat rahbari böldi.

Xususan, tadbir davomida Qirğiziston, Ozarbayjon, Belarus, Qozoğiston, Tojikiston va Özbekiston rahbarlari rus tilida nutq sözladi. Armaniston Boş vaziri esa MDH davlatlari rahbarlaridan tarjimon bilan arman tilida sözga çiqqan yagona şaxs edi.

Qolgan davlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari yo öz ona tillarida, yoki ingliz tilida sözga çiqdi.

Ilgari Paşinyan ananaviy ravişda bunday tadbirlarda rus tilida nutq sözlagan va bazan xatolarga yöl qöygan. Bu galgi nutqida u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan sammit doirasida Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantiriş strategiyasini muhokama qiliş rejalari haqida gapirdi. Şuningdek, u Kavkazorti mintaqasida davlatlararo aloqalarni rivojlantiriş, jumladan, “Xalqaro tinçlik va farovonlik uçun Tramp yönalişi” loyihasini amalga oşiriş haqida gapirdi.

Qirğizistonning “Oy ördo” (“Fikr markazi”) ekspert taşabbuslari markazi rahbari Igor Şestakovning fikriça, Paşinyan rus tilida nutq qilmay, Yevroosiyo integratsiyasi va kelajakda MDHdagi iştirokidan bir qadam ortga çekingan. 

“Nikol Paşinyanning ŞHT+ formatidagi sammitda davlat tilida sözga çiqqani Armaniston rahbarining Yevroosiyo integratsiyasi va, ehtimol, kelajakda MDHdagi iştirokidan yana bir qadam çekinganidan dalolat beradi. Eslatib ötaman, rus tili ŞHT faoliyatining barça formatida rasmiy til hisoblanadi”, deydi Şestakov.

Ekspertning aytişiça, Paşinyan rus tilini mukammal biladi, uning arman tilida sözlagani esa bu yerda siyosiy omil borligidan darak beradi. 

“Sönggi paytlarda Yerevan Yevropa Ittifoqiga intilmoqda. Öylaymanki, Armaniston Boş vaziri şu yöl bilan Yevropa Ittifoqiga azo böliş uçun qöşimça oçko işlaşga qaror qilgan bölişi mumkin”, deydi u.

ŞHT sammiti 31 avgust va 1 sentyabr kunlari Qirğiziston poytaxti Bişkekda bölib ötdi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: