USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Estoniyada ombudsman prezident etib saylandi

64 марта
Эстонияда омбудсман президент этиб сайланди

Estoniya parlamenti konstitutsiya huquqi böyiça mutaxassis Yulle Madizeni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. U bu lavozimni egallagan ikkinçi ayol böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 51 yoşli Yulle Madize 2015 yildan buyon Estoniyaning inson huquqlari böyiça ombudsmani lavozimida işlab kelgan. Madize prezidentlik saylovida yagona nomzod bölgan. Boşqa nomzod parlamentda röyxatdan ötiş uçun yetarliça qöllab-quvvatlov töplay olmagan.

Yulle Madize prezidentlik lavozimida ikkinçi muddatga nomzodini qöymagan Alar Karisning örnini egallaydi.

Malumot uçun, Estoniya 1,4 million aholiga ega bölgan va Rossiya bilan çegaradoş Boltiqböyi davlati hisoblanadi. Mamlakat NATO va Yevropa Ittifoqida Ukrainaning eng faol tarafdorlaridan biri hamda Moskva siyosati tanqidçilaridan sanaladi.

Mamlakat bu yil mudofaa xarajatlari uçun yalpi içki mahsulotining 5,4 foizini ajratişni rejalaştirgan. Estoniyada prezident mamlakat parlamenti – Riygikogu tomonidan saylanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Estoniya hukumati Rossiya bilan çegaraning ayrim hududlarida dronlarni aniqlaş va kuzatişga möljallangan qurilmalarni örnatişni boşlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: