Nyu-Yorkda öquvçilarga suniy intellektdan foydalaniş taqiqlandi
Yangi öquv yilidan boşlab AQŞning Nyu-York şahrigi davlat maktablarida boşlanğiç va örta sinf öquvçilarining suniy intellekt vositalaridan foydalanişi taqiqlandi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bir yillik taqiq sakkizinçi sinfgaça bölgan qariyb 600 ming nafar davlat maktabi öquvçisiga taalluqli. Çeklov doirasida hozirda maktablarda qöllanilayotgan 40 ga yaqin talimga möljallangan suniy intellekt vositasidan foydalaniş töxtatiladi. Barça sinflarda öquvçilarga möljallangan çat-botlardan foydalaniş ham taqiqlanadi.
Biroq yuqori sinf öquvçilari uçun töliq taqiq joriy etilmaydi. Ularga yiliga ikki marta suniy intellekt savodxonligi böyiça darslar ötkaziladi. Şuningdek, ayrim öquvçilarga öqituvçi nazorati ostida tanlangan suniy intellekt platformalaridan foydalaniş imkonini beruvçi pilot dasturlar işga tuşiriladi. Öqituvçilar esa dars rejalarini tayyorlaş, jadval tuziş kabi mamuriy işlar uçun suniy intellektdan foydalanişi mumkin.
Nyu-York meri Zoran Mamdani qarorni bolalar talimida insonlar örtasidagi muloqot muhimligi bilan izohlagan. Uning aytişiça, öquvçilar bilim oliş va rivojlaniş uçun öqituvçilar hamda tengdoşlari bilan muloqot qilişi, murakkab masalalar ustida mustaqil işlaşi kerak.
Yangi reja suniy intellektdan taşqari ekran vaqtiga ham çeklovlar joriy etişni nazarda tutadi. Unga köra, 3–5-sinf öquvçilari uçun ekrandan foydalaniş vaqti kuniga 30 daqiqa, 6–8-sinflar uçun esa 45 daqiqa bilan çeklanadi.
Malum qilinişiça, AQŞning kamida 37 ta ştati maktablarda suniy intellektdan foydalaniş böyiça qandaydir rasmiy körsatmalarga ega. Biroq mamlakat böylab yagona standart mavjud emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston hukumati tomonidan 16 yoşdan kiçik bölgan foydalanuvçilarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqilgani haqida xabar berilgan edi.