Norvegiya Ukraina talabi bilan Rossiya kemasini qölga oldi
Norvegiya Ukrainaga qaraşli Naftogaz davlat energetika kompaniyasining 4,22 milliard dollarlik kompensatsiya talabini undiriş doirasida Rossiyaning “Professor Molçanov“ kemasini qölga oldi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rossiya kemasi Norvegiyaning Arktikadagi Svalbard arxipelagidagi Barentsburg portida uşlab qolingan. Nord-Troms va Senya tuman sudi joriy yilning 31 avgust kuni kemani qölga olişga ruxsat bergan. Şuningdek, kema portda alohida körsatma berilgunga qadar Barentsburgda langar taşlab turişi belgilangan.
Mazkur qaror Naftogazning 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan söng kompaniyaga tegişli aktivlar tortib olingani uçun kompensatsiya undiriş harakatlari doirasida qabul qilingan. 2023 yil aprel oyida Gaagadagi arbitraj sudi Rossiyani Naftogazga 4,22 milliard dollar, şuningdek foizlar va yuridik xarajatlarni tölaşga majbur qilgan.
Malumotlarga köra, “Professor Molçanov“ kemasi ekspeditsiya va ilmiy-tadqiqot safarlarida, şuningdek, tijoriy kruizlarda foydalaniladi. Qölga olingan paytda kemada rossiyalik olimlar bölgan. Ular va ekipaj azolari qölga olinmagan.
Naftogaz Rossiya uşbu kompensatsiyani tölamagani sababli uning aktivlarini boşqa davlatlarda ham undirişga urinmoqda. Kompaniya AQŞ, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Finlyandiyada Rossiyaga tegişli aktivlarni hibsga oliş böyiça çoralar körgan.
Rossiya esa Norvegiyaning kemani hibsga olişini keskin tanqid qilib, bu harakatni “qaroqçilik“ deb atagan va qaror ustidan şikoyat qilmoqda. Norvegiya hukumati esa bu Naftogaz va Rossiya örtasidagi huquqiy nizo ekanini, Oslo hukumati işga tomon sifatida aralaşmaganini bildirgan.