AQŞ Rossiya kemasi haqida barça malumotlarga ega bölgan – Rossiya TIV
8-01-2026, 22:06
356 марта

AQŞ Rossiya kemasi haqida barça malumotlarga ega bölgan – Rossiya TIV
Rossiya “Mariner” kemasining AQŞ tomonidan qölga olinişini xalqaro huquqning qöpol buzilişi deb atadi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi bayonot berdi.Bayonotda aytilişiça, xalqaro va Rossiya qonunlariga muvofiq, 2025 yil 24 dekabr kuni Rossiya bayroğini kötarib yurişga vaqtinçalik ruxsat olgan “Mariner” kemasi Şimoliy Atlantika okeanidagi xalqaro suvlardan bexosdan ötib Rossiya portiga ketayotgan bölgan.
Amerika rasmiylari bu vaqtda rasman Rossiya Taşqi işlar vazirligi orqali kemaning Rossiyaga tegişliligi va uning fuqarolik, tinçlikparvarlik maqomi haqida bir neça bor işonçli malumotlarni olgan. Biroq şunga qaramay ular tanker “bayroqsiz” yoki “soxta bayroq ostida” suzib yurgan, deb taxmin qilib kemani qölga olgan.
Qayd etilişiça, xalqaro dengiz huquqi oçiq dengizlardagi kemalarga nisbatan bayroq davlatining mutlaq yurisdiktsiyasini aniq belgilaydi. Oçiq dengizlarda kemani töxtatiş va tekşirişga faqat qaroqçilik yoki qul savdosi kabi çeklangan sabablarga köra yoki tegişli davlat roziligiga köra ruxsat beriladi.
“Kema egasining qonuniy huquqlari va manfaatlari jiddiy ravişda buzilmoqda. Bir neçta mamlakatlar fuqarolarini öz içiga olgan “Mariner” ekipajining hayoti va soğliği xavf ostida”, deyiladi munosabatda.