USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya armiyasining aviatsiya generali otib ketildi

226 марта
Россия армиясининг авиация генерали отиб кетилди

Saratov viloyatining Engels şahrida nomalum şaxs Rossiya Fazo-kosmik kuçlari (FKK) zobitiga suiqasd qildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Naşr malumotlariga köra, hodisa bugun, 3 sentyabr ertalab Engelsning “Probujdeniye” posyolkasidagi kottej yaqinida sodir bölgan. “Şot”ning yozişiça, hujum qilgan şaxs mototsiklda bölgan va yuzini şlem bilan yaşirgan. General harbiy dökondan çiqayotganda unga qarata ikki marta öt oçgan va voqea joyidan qoçib ketgan. Öqlardan biri erkakning yuziga, ikkinçisi esa tanasiga tekkan.

Harbiyning haydovçisi ham jarohat olgan, ammo tez yordam çaqirişga muvaffaq bölgan. Zobit Saratovga yetkazilgan, u yerda şifokorlar tezkor tibbiy yordam körsatgan. Şundan söng, uni keyingi davolaş uçun maxsus samolyotda Moskvaga yuborişga qaror qilingan. Ukrainaning “Supernova+” monitoring kanali suiqasd Rossiya FKK uzoq masofali aviatsiyasining 22-oğir bombardimonçi aviatsiya diviziyasi qömondoni, general-mayor Nikolay Varpaxoviçga qilinganini yozmoqda.

Bungaça Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) va mamlakat Boş prokuraturasi Varpaxoviçga 2024 yil 8 iyul kuni Kiyevdagi “Oxmatdet” bolalar şifoxonasiga berilgan raketa zarbasiga aloqadorlikda sirtdan gumon bildirgan. Tergov malumotlariga köra, u raketa zarbasi beriş haqida jangovar buyruq bergan, şundan söng unga böysunuvçi uzoq masofali aviatsiya bölinmalari Tu-95MS bombardimonçi-raketa taşuvçisidan şifoxonaga X-101 qanotli raketasini uçirgan.

“Kommersant” malumotlariga köra, suiqasddan söng favqulodda hodisa sodir bölgan posyolka örab olingan. Voqea joyida Tergov qömitasi, FXX va politsiyaning tergov-tezkor guruhlari işlamoqda. Tergov qömitasi qotillikka suiqasd qiliş (Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 105-moddasi 1-qismi) va qurolning noqonuniy muomalasi (Jinoyat kodeksining 222-moddasi 1-qismi) moddalari böyiça jinoyat işi qözğatgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sankt-Peterburgning Puşkin tumanidagi Slavyanka mikrorayonida podpolkovnik unvonidagi harbiy xizmatçi va uning turmuş örtoği bölgan avtomobil portlab ketgandi. Erkak voqea joyida halok bölgan, ayol reanimatsiyaga yotqizilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: