USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tarixda ilk bor çöçqa buyragi inson tanasida 271 kun işladi

169 марта
Тарихда илк бор чўчқа буйраги инсон танасида 271 кун ишлади

AQŞda genetik jihatdan özgartirilgan çöçqadan köçirib ötkazilgan buyrak odam organizmida 271 kun davomida işlab turdi. Bu haqdagi tadqiqot “Haberler”da elon qilindi.

Naşrga köra, AQŞda genetik jihatdan özgartirilgan çöçqadan Tim Endryus ismli bemorga köçirib ötkazilgan buyrak uning organizmida 271 kun davomida işlagan. Uşbu transplantatsiya hozirgaça inson tanasida faoliyat körsatgan çöçqa buyragining eng uzoq muddat işlagan holati sifatida qayd etilgan. Mutaxassislar bu natijani organ kutayotgan bemorlar uçun hayvon azosini odamga köçirib ötkaziş böyiça tadqiqotlarda muhim yutuq sifatida baholamoqda.

“Mass General Brigham” şifoxonasi jamoasining malum qilişiça, uşbu natijalar çöçqa organlari inson organi topilguniga qadar bemorlar uçun “köprik” vazifasini bajarişi mumkinligini körsatmoqda.

Malum qilinişiça, 2-turdagi qandli diabet bilan boğliq terminal bosqiçdagi buyrak yetişmovçiligidan aziyat çekkan Endryusda operatsiya 2025 yil 25 yanvar kuni, u 66 yoşdaligida ötkazilgan. “The Lancet” jurnalida elon qilingan malumotlarga köra, köçirib ötkazilgan çöçqa buyragi operatsiyadan söng darhol işlay boşlagan. Buyrak 271 kun davomida faoliyat körsatgan va öşa yilning oktyabr oyida bemor organizmidan olib taşlangan.

Endryusning aytişiça, uşbu transplantatsiya unga yangi umid bergan. U bir neça oy davomida dializ apparatiga boğlanmagan holda hayot keçiriş imkoniga ega bölgan.

Transplantatsiyadan keyingi dastlabki davrda bemorning immun tizimida köçirib ötkazilgan organni rad etiş belgilari kuzatilgan. Şifokorlar qöllanilayotgan dori-darmonlarni moslaştiriş orqali uşbu holatni nazorat ostiga olgan. Biroq taxminan olti oy ötgaç, buyrakning qon tomirlarida şikastlaniş va yalliğlaniş rivojlangan. Vaqt ötişi bilan buyrak öz faoliyatini yöqota boşlagan va şu sababli organ olib taşlangan. Şifokorlarning malum qilişiça, buyrakdagi şikastlanişning aniq sababi hozirça aniqlanmagan.

Çöçqa buyragi olib taşlanganidan söng, Endryus 82 kun davomida dializ muolajasini olgan. Keyinçalik unga inson donoridan buyrak köçirib ötkazilgan va mazkur buyrak yaxşi faoliyat körsatayotgani qayd etilgan.

Uşbu transplantatsiyada oddiy çöçqa buyragidan foydalanilmagan. Tadqiqotçilar yukatan miniatyura çöçqalarining genomiga 69 ta genetik özgartiriş kiritgan. Mazkur özgartirişlar yordamida inson immun tizimining hujumiga sabab bölişi mumkin bölgan çöçqaga xos ayrim xususiyatlar yöq qilingan. Şuningdek, organning inson organizmi bilan mosligini oşirişga yordam beradigan genetik özgarişlar amalga oşirilgan. Bundan taşqari, çöçqa genomida mavjud bölgan ayrim viruslar sababli yuzaga kelişi mumkin bölgan infektsiyalar xavfini kamaytiriş ham közda tutilgan.

Malumot uçun, boşqa turga mansub hayvonlardan insonga hujayralar, töqimalar yoki organlarni köçirib ötkaziş ksenotransplantatsiya deb ataladi. Çöçqalar uşbu yönalişdagi tadqiqotlarning markazida turibdi. Buning asosiy sabablaridan biri – ularning organlari hajmi jihatidan inson organlariga yaqin ekanidir. Bundan taşqari, çöçqalarni nisbatan oson köpaytiriş mumkin.

“Mass General Brigham” transplantatsiya fanlari markazi doktori Leonardo Riyellaning sözlariga köra, ksenotransplantatsiya kelajakda, ayniqsa tirik donori bölmagan bemorlar uçun muhim imkoniyatga aylanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyada olimlar 2028 yildan boşlab genetik özgartirilgan çöçqa buyraklarini insonlarga köçirib ötkaziş böyiça klinik sinovlarni boşlaşni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: