Xorazmda yana bir muvaffaqiyatli buyrak transplantatsiyasi amalga oşirildi
26-04-2026, 17:12
262 марта
Xorazmda yana bir muvaffaqiyatli buyrak transplantatsiyasi amalga oşirildiXorazm viloyatida tibbiyot sohasidagi islohotlar öz samarasini bermoqda. Viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida buyrak köçirib ötkaziş amaliyoti izçil va tizimli ravişda amalga oşirilib, mahalliy şifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda.
Keça markazning abdominal xirurgiya bölimida yana bir murakkab operatsiya — buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli ötkazildi. Bu nafaqat bir inson taqdirini özgartirgan, balki hududda transplantologiya yönalişida erişilayotgan yutuqlarning yana bir yorqin namunasi böldi.
Malum qilinişiça, Şovot tumanida yaşovçi, uzoq vaqt davomida gemodializga qaram bölib kelgan bemorga uning singlisi donorlik qildi. Yaqin inson tomonidan körsatilgan bu jasorat va mehr tufaylibemor yangi hayot imkoniga ega böldi.
Amaliyotda yuqori malakali mutaxassislar jamoasi iştirok etdi. Jumladan, tajribali professorlar, tibbiyot fanlari doktorlari, şuningdek, transplantologlar, anesteziologlar va nefrologlar birgalikda iş olib bordi. Mazkur jamoaviy yondaşuv murakkab operatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlanişida hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi.
Mutaxassislar takidlaşiça, bunday operatsiyalarning asosiy maqsadi — oğir xastalikdan aziyat çekayotgan bemorlarni soğlom hayotga qaytariş, şu bilan birga hududda yuqori texnologik tibbiy xizmatlar kölamini kengaytirişdan iborat.
Eng muhimi, bu kabi muvaffaqiyatli amaliyotlar yurtdoşlarimizda umid va işonçni mustahkamlab, tibbiyotimiz imkoniyatlari kun sayin ortib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
