Inqiroz: Yerda qariyalar soni rekord darajada köpaydi
Dunyo aholisi barça kuzatuvlar tarixida ilgari kuzatilmagan demografik marraga yetdi: 65 va undan yuqori yoşdagi odamlar soni ilk bor 5 yoşga tölmagan bolalar sonidan oşib ketdi. Bu haqda AQŞ Aholini röyxatga oliş byurosi hisobotiga tayanib, “Axios” xabar berdi.
Qayd etilişiça, özgarişlar demograflar kutganidan köra tezroq yuz bermoqda. Buning asosiy sabablaridan biri dunyoning aksariyat mamlakatlarida tuğiliş darajasining pasayişi bölgan.
2023 yilda sayyora aholisining 71 foizdan ortiği tuğiliş körsatkiçi aholining oddiy takror köpayişi darajasiga – bir ayolga qariyb 2,1 nafar bola töğri keladigan darajagaça tuşib ketgan mamlakatlarda yaşagan. 2013 yilda esa bunday mamlakatlarda aholining atigi 45 foizi istiqomat qilgan.
Past tuğiliş körsatkiçi dunyoning aksariyat mamlakatlarida kuzatilmoqda. Bir ayolga 2,1 nafardan kam bola töğri kelişi körsatkiçi, xususan, Yerning eng köp aholi yaşaydigan ikki mamlakati – Xitoy va Hindistonda qayd etilgan. Aholining takror köpayişi darajasidan past bölgan körsatkiç Bangladeş, Meksika va Vetnamda ham kuzatilmoqda.
Şu bilan birga, keksa yoşdagi odamlar soni tez suratlar bilan ösişda davom etadi. AQŞ Aholini röyxatga oliş byurosi prognoziga köra, 2025 yilda dunyoda 65 va undan yuqori yoşdagi 852 million kişi hisoblangan. 2060 yilga borib ularning soni 2 milliardga yetişi, yani ikki baravardan köproqqa oşişi mumkin.
Uşbu özgarişlar mehnatga layoqatli yoşdagi aholi va keksalar örtasidagi nisbatni asta-sekin özgartirib bormoqda. Aholining yoş tarkibi böyiça eng qari mintaqa sifatida Yevropa qolmoqda. Biroq qariş tendentsiyasi allaqaçon ança köp mamlakatlar va mintaqalarni qamrab olmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2040 yilga borib Özbekistonda tuğilişlar soni yiliga 1 milliondan oşişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.