Qaşqadaryoda qor yoğdi
Bugun, 4 sentyabr kuni Qaşqadaryo viloyatidagi “Hisor” davlat qöriqxonasining yuqori hududlarida qor yoğdi. Hududda havo keskin sovib ketgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
(8).png)
Qayd etilişiça, qöriqxonaning Miraki va Ğelon bölimlari yuqori hududlari qor bilan qoplangan. Şuningdek, “Hisor” davlat qöriqxonasida havo keskin sovişi kuzatilgan.
.png)
Malumot uçun, “Hisor“ davlat qöriqxonasi 1983 yilda Qaşqadaryo viloyatida “Hisor” tizmasi şimoli-ğarbiy tarmoqlari tabiiy komplekslarini asl holiça saqlab qoliş, ulardagi tabiiy jarayonlarning borişini örganiş, tabiatni muhofaza qilişning ilmiy asoslarini amaliyotga tatbiq etiş hamda yovvoyi tabiatdagi noyob ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş maqsadida taşkil etilgan. Qöriqxona Ğelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bölimlaridan iborat.
.png)
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Yangiqörğon tumani hududida kuçli döl yoqqan edi.