YeI Armanistondan Rossiya bilan viza rejimini joriy etişni talab qildi
Ğarblik hamkorlar Yevropa Ittifoqiga bölajak safarlarni liberallaştirişning oldingi şarti sifatida Armanistondan Rossiya bilan viza rejimini joriy etişni talab qilmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Hraparak.am” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, Bryussel bu qadamsiz YeI va Armaniston örtasida vizasiz rejim böyiça muloqotni örta muddatli istiqbolda boşlaş imkonsiz ekanini qayd etgan.
“Qolaversa, ular bu şart bajarilganidan söng bir neça yil ötib YeI Armaniston uçun viza rejimini liberallaştirişi mumkin bölgan yagona oldingi şart ekanini davo qilişmoqda”, deyiladi xabarda.
Viza masalasidan taşqari, ğarblik hamkorlar kadrlar taşabbuslarini ham ilgari surmoqda. Manbaning bildirişiça, talablar orasida Xavfsizlik kengaşining sobiq kotibi Armen Grigoryanni kuç tuzilmalaridagi asosiy lavozimlardan biriga tayinlaş ham bor.
“Ğarb Mudofaa vazirligi yoki Milliy xavfsizlik xizmatiga “öz odami”ni yuborişni taklif qilmoqda”, deb yozadi naşr.
Joriy yilning 1 sentyabr kuni Vladimir Putin va Nikol Paşinyan Bişkekda ŞHT sammiti doirasida uçraşib, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Uçraşuvning asosiy mavzularidan biri Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş niyati va bu qarorning Rossiya bilan munosabatlarga ehtimoliy tasiri böldi.
Öz navbatida, Paşinyan ham Armaniston Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. U Yerevanning Yevropa Ittifoqiga qöşilişga intilişi Rossiya va YeOII bilan mavjud kelişuvlarni buzmaydi, deb hisoblaşini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan endi Rossiyani “strategik şerik” deb hisoblamasligini aytgandi.