Telefonga çalğigan 7 yaşar bola metro relsiga tuşib ketdi
Çexiya poytaxti Pragada 7 yaşar bola telefonga qarab yurayotgan vaqtda metro relsiga tuşib ketdi. Uni poyezd yetib kelişidan bir neça soniya oldin boşqa bir yölovçi qutqarib qoldi. Bu haqda Çexiya Respublikasi politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa 2 sentyabr, öquv yilining birinçi kuni soat taxminan 18:00 da “Muzeum” metro bekatida sodir bölgan. Politsiya malumotiga köra, oila azosi hamrohligida bölgan bola telefoniga qarab ketgani sababli perron çetidan relslar tomon yurganini payqamagan.
Oqibatda bola tösatdan relslar ustiga tuşib ketgan. Şu vaqtda bir nafar xorijlik yölovçi uni qutqariş uçun relsga sakragan. Boşqa yölovçilar ham yordam berib, bolani bir neça soniya içida perronga olib çiqqan.
Bolaning qutqarilişida metro perroni çetida joylaşgan favqulodda töxtatiş tugmasi bosilgani ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bu orqali yaqinlaşayotgan poyezd harakatini töxtatişga erişilgan. Politsiya yetib kelganidan söng bola tanasidagi yengil jarohatlar bilan tez yordam xodimlariga topşirilgan va şifoxonaga olib ketilgan.
Çexiya politsiyasi uşbu voqea ortidan bolalarni metro va temiryöl hududlarida telefon yoki quloqçindan foydalanişda ehtiyot bölişga çaqirdi. Qisqa muddatli etiborsizlik ham jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bangladeşda ota öz tanasi bilan relsga tuşib ketgan farzandini himoya qilib, uning hayotini saqlab qolgan edi.