Boliviyada harbiy baza yaqinidagi portlaşda 10 kişi halok böldi
Boliviyaning Vyaça munitsipalitetidagi harbiy kazarma hududida yuz bergan kuçli portlaş oqibatida kamida 10 kişi halok böldi, yana önlab odam jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Portlaş keça, 4 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da, La-Pasdan 30 kilometr uzoqlikda joylaşgan Vyaçada sodir bölgan.
Mahalliy rasmiylarning malum qilişiça, portlaş Mudofaa vazirligiga tegişli pirotexnika vositalari saqlanadigan hududda yuz bergan. Hodisaning aniq sababi hozirça malum emas.
Vyaça soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbari Rita Nebraska mahalliy telekanalga kamida 10–15 kişi halok bölgan bölişi mumkinligini aytdi. Uning malum qilişiça, 62 kişi jarohatlangan, ulardan 14 nafari La-Pasdagi şifoxonalarga olib ketilgan.
Jarohatlanganlar orasida tanasining uçinçi darajali kuyişiga duçor bölgan qiz ham bor.
Politsiya malumotiga köra, portlaş oqibatida 50 dan ortiq kişi jarohatlangan, atrofdagi önlab uylarga ham zarar yetgan. Asosan portlaş tölqini sababli binolarning oyna va derazalari singan.
Hodisa joyiga tez yordam maşinalari, tibbiy guruhlar va politsiya xodimlari yuborilgan. Ular jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib çiqiş va zarar körgan joylarni tekşiriş işlarini olib bormoqda.
Qutqaruv xizmatlari portlaş joyida hali ham yuqori harorat manbai saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi. Bu yana bir portlaş xavfini yuzaga keltirişi mumkinligi sababli aholiga hodisa joyidan kamida 150 metr uzoqlikda böliş tavsiya qilingan.
Rasmiylar portlaş sabablarini aniqlaş böyiça tekşiruv boşlagan.