Dunyoning ananaviy xaritasidan voz keçilişi mumkin
Keça, 4 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasi ananaviy xaritadan (Merkator xaritasidan) voz keçiş va uning örniga qitalar maydonini, eng avvalo Afrikani aniqroq aks ettiradigan xaritadan foydalanişga çaqiruvçi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “The Guardian” xabar qildi.
Qayd etilişiça, rezolyutsiyani 164 ta mamlakat qöllab-quvvatladi, oltitasi betaraf qolgan. Faqat AŞQ qarşi ovoz bergan, uning vakili rezolyutsiyani “ortiqça” deb atagan.
Rezolyutsiya qabul qilinişining asosiy tarafdorlaridan biri Togo bölgan. Davlat vakilining ayitşiça, rezolyutsiya “nomutanosib kartografik tasvirlar, ayniqsa Merkator proyektsiyasi mahsuli bölgan xaritalar uzoq muddatli talim, madaniy, geosiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelganini hamda global ongda Afrika va dunyoning boşqa mintaqalarining körinadigan ölçamlari keskin kiçrayişiga hissa qöşganini tan oladi va tasdiqlaydi”.

“The Guardian”ning qayd etişiça, BMT rezolyutsiyasi bajarilişi majburiy xususiyatga ega emas, biroq uning qabul qilinişi talim dasturlariga va kundalik hayotda foydalaniladigan xaritalarga tasir qilişi mumkin. Jumladan, Frantsiya Taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro Parij Merkator xaritalaridan voz keçib, “aniq maqsadlarga moslaştirilgan, real maydonlarni aniqroq aks ettiradigan va kartograflar hamda olimlarning tavsiyalariga mos keladigan kartografik proyektsiyalar” foydasiga qaror qilişini malum qilgan.

Malumot uçun, Merkator proyektsiyasini 1569 yilda flamand kartografi Gerard Merkator işlab çiqqan. Dastlab u dengiz navigatsiyasi uçun möljallangan. Şu sababli sayyoraning istalgan nuqtasida burçak qiymatini saqlab qoladigan qilib işlangan. Bunday proyektsiyalar “teng burçakli” deb ataladi va ularning umumiy tuzatib bölmaydigan kamçiligi mamlakatlar va qitalar maydonining buzib körsatilişidir. Merkator proyektsiyasida, xususan, hudud ekvatordan qançalik uzoqda joylaşgan bölsa, uning maydoni yerdagi haqiqiy maydoniga nisbatan şunçalik katta körinadi. Şu sababli, masalan, klassik xaritada Grenlandiya taxminan Afrika bilan tengdek körinadi, vaholanki aslida Afrika undan 14 baravar katta.
Maydonlarni aniqroq körsatiş uçun “teng maydonli” proyektsiyalar mavjud bölib, ular öz navbatida burçaklarni buzib körsatadi. Masalan, Albers proyektsiyasi yoki Lambert proyektsiyalari. Togo hokimiyati Merkator proyektsiyasi örniga “Equal Earth” proyektsiyasidan foydalanişni taklif qilmoqda – u 2018 yilda xalqaro kartograflar guruhi tomonidan işlab çiqilgan bölib, Robinson proyektsiyasiga asoslangan. Bu proyektsiya murosali yeçim bölib, burçaklarni ham, maydonlarni ham töliq aniqlikda saqlab qolmaydi.

Merkator proyektsiyasidan (töğriroği, bunday proyektsiyalar oilasidan) haligaça, masalan, maktab darsliklarida va boşqa illyustrativ maqsadlarda tez-tez foydalaniladi, ammo kartograflarning real amaliyotida global proyektsiyalar deyarli işlatilmaydi – ularning örniga Yerning juda köplab turli mahalliy proyektsiyalari mavjud bölib (ularni odatda davlat xizmatlari işlab çiqaradi), ular ança aniqroq natijalarni beradi.