BMT Boş Assambleyasi Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan rezolyutsiyani qabul qildi
AQŞning Nyu-York şahridagi BMT Boş Assambleyasi tomonidan “Ijtimoiy rivojlanişni jadallaştirişda parlamentlarning rolini kuçaytiriş töğrisida”gi muhim rezolyutsiya azo davlatlarning mutlaq köpçilik ovozi bilan qabul qilindi.
Uşbu taşabbus ilk bor Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan edi. Oradan ötgan davr mobaynida özbek diplomatiyasining faol va izçil say-harakatlari natijasida mazkur ğoya xalqaro miqyosda yagona hujjat şakliga keltirildi va jahon hamjamiyati tomonidan töliq qöllab-quvvatlandi.
Rezolyutsiyada nimalar aks etgan va u nima uçun muhim?
Özbekiston tajribasi. Hujjatda Toşkent şahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani va unda qabul qilingan Toşkent deklaratsiyasi alohida etirof etilgan.
Ijtimoiy tenglik va yoşlar. Hujjat parlamentlar faoliyatida ayollar va yoşlar iştirokini kengaytiriş, rivojlanayotgan davlatlarni qöllab-quvvatlaş hamda ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan.
Dunyo mamlakatlarining yakdil qöllab-quvvatlaşi. Rezolyutsiyani qabul qiliş uçun ötkazilgan ovoz beriş jarayonida 167 ta davlat uni yoqlab ovoz bergan. Dunyoning 61 ta davlati, jumladan Avstriya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya va Ispaniya kabi mamlakatlar Özbekiston taşabbusiga hammuallif sifatida maydonga çiqqan.