Özbekiston Afğonistonni yakkalatib qöymoqçi emas
24-09-2025, 10:13
109 марта

Özbekiston Afğonistonni yakkalatib qöymoqçi emas
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Afğoniston xalqining tinç va osuda hayotga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro hamjamiyatning say-harakatlarini birlaştirişga çaqirib, bu davlatning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik öta muhimligini takidladi. Bu haqda davlat rahbari keça, 23 sentyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqida aytib ötdi.Prezidentning sözlariga köra, Özbekiston uşbu mamlakatda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oşirmoqçi.
Şuningdek, Mirziyoyev Afğoniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça BMTning alohida rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etgan.
Qolaversa, xavfsizlik mavzusi davomida davlat rahbari Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini bajariş böyiça samarali işlarni qayd etgan. BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari böyiça mintaqaviy kengaşni Xalqaro kompetentsiyalar markaziga aylantiriş taklif etilgan.