USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasining 80-sessiyasida nutq sözladi

312 марта

Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasining 80-sessiyasida nutq sözladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining 80-sessiyasida sözga çiqdi.


Hurmatli rais xonimlari!
Hurmatli Boş kotib janoblari!
Delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining yubiley anjumani — 80-sessiyasi bilan cizlarni qutlaşdan mamnunman.
Bugungi yiğilişimiz şiddat bilan özgarayotgan murakkab global vaziyatda ötmoqda. Bu esa Taşkilotimiz faoliyati va uning kelajagiga yangiça yondaşuvlar bilan qaraşga çorlamoqda.
Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning örni va roli zaiflaşmoqda, qarama-qarşilik, nizo va uruşlar kuçaymoqda, texnologik va ijtimoiy tengsizlik keskin oşmoqda, iqtisodiy va gumanitar inqirozlar ortib bormoqda. Bularning hammasi mutlaqo yangi, xavotirli geosiyosiy voqelikni vujudga keltirmoqda.
Biz Boş kotib Antoniu Guterriş Janobi Oliylarining eng oğir va ötkir global masalalarni murosa bilan hal etiş uçun Taşkilotimizni asosiy platforma sifatida saqlab qolişga qaratilgan say-harakatlarini yuksak baholaymiz.

Bu borada «BMT – 80» taşabbuslarini töliq qöllab-quvvatlaymiz, Kelajak uçun paktga qatiy sodiqligimizni tasdiqlaymiz.
Biz zamonaviy xavf-xatarlarga qarşi samarali kuraşiş, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşini transformatsiya qiliş va uning tarkibini kengaytiriş tarafdorimiz.

Hurmatli sessiya iştirokçilari!

Biz Barqaror rivojlaniş maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi Özbekistonni barpo etiş siyosatini olib bormoqdamiz. Buning uçun ortga qaytmas islohotlarimizni izçil davom ettiryapmiz.

Ustuvor maqsadimiz — mamlakatimizda yaşayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan özgartiriş, inson qadri va farovonligini oşirişdir.

Sönggi yillarda Özbekistonda kambağallik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgaça qisqartirişga erişdik. Bunga, avvalo, talim va ilm-fan sohasini özgartiriş, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etiş, «yaşil» energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, kiçik biznesni har tomonlama rivojlantiriş va natijada millionlab iş örinlari yaratiş orqali erişmoqdamiz.

Mamlakatimizda maktabgaça talim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oşdi, yoşlarimizning oliy talim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi — öqituvçi va ustozlik kasbining obrösi va nufuzini keskin oşirişga hal qiluvçi masala sifatida qaramoqdamiz.
Pedagoglarning özaro tajriba va bilim almaşişi uçun yagona xalqaro platformani yaratiş maqsadida Özbekistonda Butunjahon professional talim sammitini ötkazişni taklif etamiz.

Şuningdek, mamlakatimizda ilğor soğliqni saqlaş tizimini yaratmoqdamiz. Ertaga Birlaşgan Millatlar Taşkilotining boş qarorgohida bizning taşabbusimiz bilan bolalar saratoni va boşqa oğir kasalliklarga qarşi kuraşga bağişlangan yuqori darajadagi tadbir ötkaziladi. Unga barça xorijiy hamkorlarimizni taklif etamiz.

Yana bir muhim yönaliş — gender siyosati. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini bundan buyon ham mustahkamlaşni maqsad qilganmiz. Keng mintaqamiz miqyosida esa Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam ötkazib boriş tarafdorimiz.

Yana bir bor takidlamoqçiman: biz Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölida olgan majburiyatlarimizga sodiqmiz. 2030 yilga borib «daromadi örtadan yuqori» bölgan mamlakatlar qatoriga kirişni niyat qilganmiz.
Şu maqsadda oçiq va pragmatik siyosatimizni izçil davom ettiramiz.

Hurmatli xonimlar va janoblar!
Bundan 8 yil muqaddam biz uşbu yuksak minbardan turib, Markaziy Osiyoni tinçlik, yaxşi qöşniçilik va şeriklik makoniga aylantirişga qatiy qaror qilganimizni elon qilgan edik.

Bugun çuqur mamnuniyat bilan takidlaş mumkin: biz bu strategik maqsadga erişdik. Yopiq çegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi.

Sönggi yillarda mintaqamizda özaro savdo, investitsiyalar va transport taşuvlari hajmi beş barobargaça köpaydi. Biz qöşma investitsiya jamğarmalari, çegara hududlarida savdo va sanoat zonalarini taşkil qilyapmiz, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşirmoqdamiz.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uçraşuvlari mintaqaviy integratsiyani çuqurlaştiriş yölida samarali mexanizmga aylanganini ham umumiy yutuğimiz sifatida etirof etamiz.

Şuni qatiy işonç bilan aytişim mumkinki, bugungi kunda Yangi Markaziy Osiyoni şakllantiriş jarayoni boşlandi.
Mintaqamiz özining hamjihatligi, barqarorligi, öziga xosligi bilan xalqaro munosabatlar tizimida alohida subekt sifatida tobora mustahkam örin egallamoqda.

Maqsadlarimizga erişiş uçun barça xorijiy şeriklarimiz bilan özaro manfaatli aloqalarni kengaytirişga asosiy etibor qaratamiz. Bu borada Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tuzilmalari bilan mintaqamizda qator yangi loyiha va dasturlarni amalga oşirişni taklif etamiz.

Jumladan, EKOSOS va YuNKTAD şafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bağişlangan xalqaro forum ötkaziş, YuNIDO bilan sanoatda «yaşil» texnologiyalar mintaqaviy xabini taşkil etiş, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, «yaşil» makon barpo etiş hamda demografik barqarorlikka erişiş böyiça dasturlarni qabul qiliş taşabbuslari bilan çiqamiz.

Şu bilan birga, Boş Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy şeriklik va iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştirişga qaratilgan harakatlarini qöllab-quvvatlaşga doir rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etamiz.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Global va mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlaniş haqida gapirganda, albatta Afğoniston töğrisida töxtalmaslik mumkin emas.
Afğon xalqining tinç va osuda hayotga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro hamjamiyatning say-harakatlarini birlaştiriş zarur. Şuni alohida takidlaşni istardimki, bu davlatning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik öta muhimdir.

Biz Afğonistonda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oşirmoqçimiz. Uşbu mamlakat orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça Taşkilotimizning alohida rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etamiz.

Ğazo sektoridagi tobora keskin yomonlaşib borayotgan gumanitar inqirozni ham etibordan çetda qoldirib bölmaydi. Harbiy harakatlarni töxtatiş va siyosiy muzokaralarni davom ettirişga çaqiramiz. Biz BMT rezolyutsiyalariga muvofiq,  «ikki xalq uçun — ikki davlat» tamoyilini amalga oşirişning qatiy tarafdorimiz.

Ukraina atrofidagi vaziyat ham barçamizni jiddiy taşvişga solmoqda. Bu muammoni diplomatik yöllar bilan hal etiş böyiça yuqori darajadagi muloqotlar boşlanganini olqişlaymiz.

Hurmatli anjuman iştirokçilari!
Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini bajariş böyiça samarali işlar olib borilmoqda. BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari böyiça Mintaqaviy Kengaş tuzilgan. Biz uni Xalqaro kompetentsiyalar markaziga aylantirişni taklif etamiz.

Bu tuzilma muammoli hududlardan qaytarilgan şaxslarni tinç hayotga moslaştiriş böyiça tajriba almaşiş uçun muhim platforma bölib xizmat qiladi.
Bundan taşqari, Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasining mintaqaviy ofisini Özbekistonda oçiş uçun zarur şaroit yaratişga tayyormiz.

Hurmatli xonimlar va janoblar!
Bugungi tahdidlarga töla dunyoda global transport tizimi naqadar zaif ekanligiga amin bölyapmiz. Bu muammolar, birinçi navbatda, dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan rivojlanayotgan davlatlarning barqarorligiga salbiy tasir körsatmoqda.

Xalqaro tranzit koridorlarining xavfsizligini taminlaş va samarali logistika zanjirlarini yaratiş öta muhimdir. Bu borada «Barqaror rivojlaniş maqsadlari uçun özaro transport boğliqligini mustahkamlaş» global mexanizmini joriy etiş vaqti keldi, deb hisoblaymiz.
Şuningdek, tobora ötkir tus olayotgan iqlim özgarişi muammolariga ham alohida töxtalmoqçiman. Jumladan, Orol dengizi qurişining salbiy oqibatlari jahon hamjamiyatining doimiy diqqat markazida bölişi lozim. Biz Orolböyi ekotizimini qayta tiklaş böyiça işlarni izçil davom ettiryapmiz.
Sönggi yillarda dengizning qurigan tubida 2 million gektar maydonda şörga çidamli çöl ösimliklari ekildi. 2030 yilgaça uşbu hududning 80 foiz qismida yaşil qoplamalar hosil qilinadi.

Yana bir muhim muammo — bu suv resurslarining taqçilligidir. Hozirda dunyo aholisining ikki milliarddan ortiği toza içimlik suvidan foydalaniş imkoniyatiga ega emas.
Biz mamlakatimizda Suvni tejaş böyiça butunjahon forumini ötkazişni rejalaştirganmiz. Mazkur anjuman yakunlari böyiça Suv inqirozini barqaror taraqqiyot uçun jiddiy tahdid sifatida belgilaş möljallanmoqda. Bu borada global darajada innovatsiya texnologiyalarini joriy etiş uçun alohida «yöl xaritasi»ni qabul qiliş niyatidamiz.

Ekologik özgarişlarning yana bir salbiy körinişi — iqlim migratsiyasining kuçayib borayotganidir. Afsuski, uşbu yönalişda aniq xalqaro mexanizmlar va huquqiy baza hanuzgaça yaratilmagan. Biz bu jiddiy masalada keng xalqaro şeriklik va muvofiqlaştirilgan siyosat yuritiş böyiça Global pakt qabul qiliş tarafdorimiz.

Hurmatli yiğiliş iştirokçilari!
Mamlakatlar örtasida raqamli rivojlaniş va suniy intellektdan foydalanişda tengsizlikning oldini oliş juda muhim ahamiyatga ega.

Soğliqni saqlaş, talim va madaniyat sohalarida suniy intellektning amaliy yeçimlari va modellarini beğaraz almaşişga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmi yaratişni taklif etamiz.
Yana bir ustuvor masalaga alohida töxtalmoqçiman.

Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi ösib kelayotgan yoş avlod qölida. Yoşlarimizning qalbi va ongiga tinçlik, gumanizm va döstlik, özaro işonç va hurmat kabi olijanob ğoyalarni singdiriş dolzarb vazifamizdir.
Bu borada «Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati»ni tasis etiş va uning qarorgohini Özbekistonda joylaştiriş taklifini ilgari suramiz. Biz jamiyatimizdagi bağrikenglik siyosatini izçil amalga oşirmoqdamiz.
Şu bilan birga, islom marifati ğoyalarini çuqur örganiş va dunyoga tarğib etiş böyiça say-harakatlarimizni faol davom ettiramiz. Yaqin oylarda keng mintaqamiz uçun noyob bölgan Islom tsivilizatsiyasi markazini oçamiz.
Buyuk ajdodlarimiz — mutafakkir allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy manaviy va ilmiy merosining alohida taqdimotini Birlaşgan Millatlar Taşkilotida ötkaziş niyatidamiz.
Hurmatli xonimlar va janoblar!
Yangi Özbekiston barça davlatlar bilan özaro hamjihatlik, oçiq muloqot va yaqin şeriklik tarafdoridir. Biz xalqlar, madaniyatlar va tsivilizatsiyalar örtasidagi muloqotni mustahkamlaş, umumbaşariy maqsadlarni röyobga çiqariş yölida öz hissamizni qöşişga doim tayyormiz.
Etiboringiz uçun rahmat.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: