Şavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyoda yopiq çegaralar va nizolar davri tarixda qoldi
24-09-2025, 08:22
463 марта
Şavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyoda yopiq çegaralar va nizolar davri tarixda qoldiMarkaziy Osiyoda yopiq çegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi, yangi Markaziy Osiyoni şaklantiriş jarayoni boşlandi, deya bayonot berdi Özbekiston prezidenti BMTdagi nutqida. Şavkat Mirziyoyev Afğonistonda transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça BMT rezolyutsiyasini qabul qilişga çaqirdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyo integratsiyasi yölidagi yutuqlar haqida söz yuritdi.
“Bundan 8 yil muqaddam uşbu yuksak minbardan turib Markaziy Osiyoni tinçlik, yaxşi qöşniçilik, şeriklik makoniga aylantirişga qatiy qaror qilganimizni elon qilgan edik. Bugun çuqur mamnuniyat bilan takidlaşim mumkinki, biz bu strategik maqsadga erişdik. Yopiq çegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi.
Sönggi yillarda mintaqamizda özaro savdo, investitsiyalar va transport taşuvlari hajmi 5 baravargaça köpaydi. Biz qöşma investitsiya jamğarmalari, çegara hududlarda savdo va sanoat zonalari, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oşirmoqdamiz.
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uçraşuvlari mintaqaviy integratsiyani çuqurlaştiriş yölida samarali mexanizmga aylanganini ham umumiy yutuğimiz sifatida etirof etamiz.
Şuni qatiy işonç bilan aytişim mumkinki, bugungi kunda yangi Markaziy Osiyoni şakllantiriş jarayoni boşlandi. Mintaqamiz özining hamjihatligi, barqarorligi bilan xalqaro munosabatlar tizimida alohida subekt sifatida mustahkam örin egallamoqda.
Maqsadlarimizga erişiş uçun barça xorijiy şeriklarimiz bilan özaro manfaatli aloqalarni kengaytirişga asosiy etibor qaratganmiz. Bu borada BMT tuzilmalari bilan mintaqamizda qator yangi loyiha va dasturlarni amalga oşirişni taklif etamiz. Jumladan, EKOSOS va YuNKTAD şafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bağişlangan xalqaro forum ötkaziş, YuNIDO bilan sanoatda yaşil texnologiyalar mintaqaviy habini taşkil etiş, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, yaşil makon barpo etiş va demografik barqarorlikka erişiş böyiça dasturlarni qabul qiliş taşabbuslari bilan çiqamiz.
Şu bilan birga, Boş Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy şeriklik va iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştiriş harakatlarini qöllab-quvvatlaşga doir rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etamiz”, – dedi Mirziyoyev.
“Afğonistonning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik öta muhim”
Prezident Afğoniston haqida ham söz yuritib, afğon xalqining tinç va osuda hayotga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro hamjamiyatning say-harakatlarini birlaştirişga çaqirdi.
“Şuni alohida takidlaşni istardimki, bu davlatning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik öta muhimdir.
Biz Afğonistonda katta iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oşirmoqçimiz. Uşbu mamlakat orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantiriş böyiça taşkilotimizning alohida rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etamiz”, – dedi davlat rahbari.
“Ikki xalq uçun – ikki davlat”
Şavkat Mirziyoyev Ğazo bölgasi va Ukrainadagi uruşlarni töxtatişga ham çaqirdi.
“Ğazo sektoridagi tobora keskin yomonlaşib borayotgan gumanitar inqirozni ham etibordan çetda qoldirib bölmaydi. Harbiy harakatlarni töxtatiş va siyosiy muzokaralarni davom ettirişga çaqiramiz. Biz BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, “ikki xalq uçun – ikki davlat” tamoyilini amalga oşirişning qatiy tarafdorimiz.
Ukraina atrofidagi vaziyat ham barçamizni jiddiy taşvişga solmoqda. Bu muammoni diplomatik yöllar bilan hal etiş böyiça yuqori darajadagi muloqotlar boşlanganini olqişlaymiz”, – dedi Özbekiston rahbari