Turkiy davlatlar örtasida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi
15-05-2026, 20:53
144 марта

Turkiy davlatlar örtasida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi
Bugun, 15 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining “Suniy intellekt va raqamli rivojlaniş” mavzusidagi norasmiy sammitida iştirok etdi. Sammit yakunida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Prezident öz nutqida hamkorlikni rivojlantiriş uçun bir qator aniq taşabbuslarni ilgari surgan. Xususan, Özbekiston rahbari global texnologik jarayonlarni inobatga olgan holda taşkilot doirasida suniy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmoğini şakllantiriş lozimligini takidlagan. Mazkur taşabbus kvant hisoblaş texnologiyalari va yagona raqamli makonni yaratiş orqali iqtisodiy ösişning yangi nuqtalarini belgilaşga xizmat qiladi.

Şuningdek, mintaqaviy malumotlar almaşinuvini taminlovçi “Raqamli turkiy koridor kontseptsiyasi”ni işlab çiqiş va Toşkent şahrida TDT azo davlatlarining Texnologiyalar forumini ötkaziş taklif etilgan.
Ilmiy-manaviy merosni puxta örganiş va tarğib etiş uçun Toşkent şahrida barpo etilgan Islom tsivilizatsiyasi markazi mintaqaviy yirik ilmiy-marifiy maskanga aylanib bormoqda. Şu kunlarda majmuada TURKSOYning ofisi oçilgan.

“Uşbu markaz TURKSOY va Turkiy akademiya bilan tarixiy-madaniy manbalarimizni yagona “katta malumotlar” platformasiga jamlasa, xalqlarimiz uçun foydali iş bölar edi”, deydi davlat rahbari.