Istanbulda mehmonxona yonib ketdi
Bugun, 5 sentyabr kuni Istanbulning Bakirköy tumanidagi olti qavatli mehmonxonada yuz bergan yonğinda 12 kişi jarohatlandi, yuqori qavatlarda qolib ketgan 7 kişi esa qutqaruvçilar tomonidan evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TRT haber” xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 06:30 atrofida Jevizlik mahallasidagi Muhasebeçi köçasida joylaşgan olti qavatli mehmonxonaning birinçi qavatida nomalum sabab bilan yonğin çiqqan. Qisqa vaqt içida kuçaygan alanga yuqori qavatlarga tarqalib, binoning taşqi fasadini ham qoplagan. Hodisa joyiga yonğin xavfsizligi, politsiya va tez tibbiy yordam ekipajlari yuborilgan.
Yuqori qavatlarda qolib ketgan 7 kişi öt öçiruvçilar tomonidan xavfsiz hududga olib çiqilgan. Yonğinda jarohatlangan 12 kişiga tez yordam maşinalarida dastlabki tibbiy yordam körsatilgan va ular şifoxonaga yuborilgan.
Malumotlarga köra, qutqaruvçilarning qariyb bir soat davom etgan işlari ortidan yonğin nazoratga olinib, töliq öçirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat şifoxonasida yonğin çiqişi oqibatida kamida 14 nafar çaqaloq halok bölgani haqida xabar berilgan edi.