Putin Kiyevga zarbalarni 3 kunga töxtatişni buyurdi (audio)
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kiyevga 3 kun davomida zarba berişni töxtatiş böyiça topşiriq berdi. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov malum qildi.
“Bu amerikaliklarning Kiyevdagi uçraşuvlarini tayyorlaş va ötkaziş bilan boğliq”, deya tuşuntirgan u.
Qayd etilişiça, bugun, 5 sentyabr kuni Putin Moskvaga yetib kelgan AQŞ vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan muzokaralar ötkazadi.
Peskovning sözlariga köra, taşrifda AQŞ Prezidenti Donald Tramp aytganidek, Ukraina masalasini hal qiliş böyiça yangi ğoyalar haqida gap ketmayapti. U, şuningdek, prognozlar qilişga şoşilmaslik va uçraşuvni kutişni tavsiya qilgan.
Avvalroq, AQŞ Prezidenti Donald Tramp öz vakillari Moskvaga taşrifi davomida Ukrainadagi mojaroni töxtatiş böyiça taklifni taqdim etişini aytgan edi. Biroq u taşabbus tafsilotlarini oşkor qilmagan.
Joriy yilning 1 sentyabr kuni Putin Moskva muloqot qilişni istagan barça tomonlar bilan muzokaraga oçiq ekanini takidlagan. Rossiya Prezidenti AQŞ Prezidentining vakillari Kreml uçun doimo xuş kelib, ular bilan hamkorlik qilişdan mamnun ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, AQŞ Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşner joriy yilning 5–6 sentyabr kunlari Moskvaga, şundan söng Kiyevga borişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Şundan söng, AQŞ Prezidenti Donald Tramp ular Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yakunlaş böyiça tinçlik kelişuviga erişiş uçun xorijga yöl olişini malum qilgan. Bugun, 5 sentyabr kuni Stiv Uitkoff va Jared Kuşner Moskvaga yetib borgan.