Eron uruşni keskinlaştirmoqçi – AQŞ razvedkasi
Eron öz kuçiga işonç his qilmoqda va AQŞ razvedkasi baholaşiga köra, yaqin oylarda AQŞ bilan nizoni avj oldirişga qaror qilişi mumkin. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
AQŞ mulozimlarining naşrga malum qilişiça, Tehron qarama-qarşilikni kamida AQŞdagi oraliq saylovlargaça çözişga va şu orqali Prezident Donald Trampning siyosiy muammolarini çuqurlaştirişni niyat qilgan.
Razvedka malumotlariga köra, bir neça oylik harbiy harakatlardan söng Eron öz harbiy imkoniyatlarini yaxşiroq baholagan va AQŞga qarşilik körsatişni davom ettirişga qodir deb hisoblaydi. Yaqin haftalarda Tehron iyul oyida amalga oşirgan harakatlarini takrorlaşi mumkin: mintaqadagi AQŞ harbiy bazalari va kemalariga, şuningdek, Quvayt va boşqa mamlakatlardagi infratuzilmaga hujum qilişi mumkin. Şu bilan birga, manbalarning sözlariga köra, qisqa muddatli istiqbolda AQŞning iqtisodiy sanktsiyalari vaziyatning yanada avj olişiga xizmat qiladi, xolos.
Bungaça “The Wall Street Journal” naşri Eron va arab mulozimlariga tayanib, Tehronning AQŞ va Isroil bilan nizoni kengaytirişga tayyorgarlik körayotgani haqida xabar bergan. Gazeta malumotlariga köra, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) muntazam armiya ustidan nazoratni kuçaytirgan, Iroq bilan uruş veteranlarini asosiy lavozimlarga tayinlagan, kontrrazvedka operatsiyalarini kengaytirgan va raketalar hamda dronlar işlab çiqarişni tezlaştirgan. Bundan taşqari, Tehron Yaman va Iroqdagi qurolli guruhlar bilan aloqada bölib, ularni nizoning ehtimoliy kengayişiga tayyorlamoqda, deb qayd etadi gazeta suhbatdoşlari. Ehtimoliy stsenariylar orasida WSJ Fors körfazidagi internet-kabellaridagi diversiyalar va şia guruhlari bölgan mamlakatlarda, jumladan Quvayt va Bahreynda vaziyatni izdan çiqarişni tilga olgan.
AQŞ Vakillar palatasining razvedka böyiça qömitasi azosi, Kolorado ştatidan demokrat Jeyson Krou Eron rahbariyati yanada jipslaşganini va duşmanlarga bosim ötkaziş uçun Hormuz böğozidan qanday foydalanişni yaxşiroq tuşunib yetganini aytgan. Uruşgaça uşbu suv arteriyasi orqali jahon naftining taxminan beşdan bir qismi ötar edi.
“Ular böğoz muzokaralardagi muhim “karta” ekanini hamişa bilişgan, ammo endi u ularga qanday tasir dastaklarini berişini yanada çuqurroq anglab yetdilar”, deydi Krou.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp öq-dorilar zahirasi haqida fikr bildirdi va Qöşma Ştatlarning yana bir uruşda iştirok etiş ehtimolini baholagan edi.