USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ xavotirda: mulozimlar orasida josus bölişi mumkin – CBS

102 марта
АҚШ хавотирда: мулозимлар орасида жосус бўлиши мумкин – CBS

AQŞ hukumati Eron bilan uruş sababli öq-dorilar tanqisligi haqidagi malumotlarning sizib çiqişi uşbu malumotlardan foydalaniş huquqiga ega bölgan tor doiradagi şaxslar orasidagi xorijiy razvedka agenti tufayli yuz bergan bölişi mumkinligidan xavotirga tuşgan. Bu haqda mulozimlarga tayanib, CBS telekanali xabar berdi.  

Qayd etilişiça, tergovçilar Eron bilan uruş sababli öq-dorilar tanqisligi haqidagi malumotlar sizib çiqişini suriştiriş doirasida AQŞ Qurolli kuçlari Birlaşgan ştabining 50 ga yaqin harbiy va fuqarolik xodimlarini poligrafda (yolğonni aniqlaş uskunasida) tekşirgan.

“Öq-dorilar bilan boğliq vaziyat böyiça maxfiy tafsilotlardan juda tor doiradagi şaxslargina xabardor edi va kimdir potentsial ravişda xorijiy razvedka agenti sifatida harakat qilgan bölişi mumkinligidan xavotirlar bor edi”, deyiladi telekanal xabarida.

Manbalarning malumotiga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp malumotlar sizib çiqqanidan juda ğazablangan. CBS suhbatdoşlarining sözlariga köra, barça mulozimlar poligraf tekşiruvidan ötgan. Şu bilan birga, hamma ham tekşirilmagan: xususan, bu çoralar Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, general Den Keynga daxl qilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp öq-dorilar zaxirasi haqida fikr bildirib, Qöşma Ştatlarning yana bir uruşda iştirok etiş ehtimolini baholagan edi. Xususan, AQŞ yetakçisi mamlakatda örta va yuqori sinfdagi öq-dorilarning amalda çeksiz zahirasi mavjud ekanini aytgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: