USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropa Rossiya bilan uruşga bardoş bera olmaydi – OAV

162 марта
Европа Россия билан урушга бардош бера олмайди – ОАВ

NATO bilan işlaydigan harbiy rejalaştiruvçilar Yevropa hozirgi vaqtda Rossiya bilan uzoq davom etadigan tinkani quritadigan uruşga bardoş berişga qodir emas, deb hisoblamoqda. Bu haqda joriy haftada Yevropadagi harbiy koordinatsiyaning kelajagiga bağişlangan konferentsiyada söz yuritildi.

Rejalaştiruvçilarning fikriça, Yevropa jamiyati uzoq muddatli harbiy qarama-qarşilikni qöllab-quvvatlaşga tayyor bölmasligi mumkin. Şu sababli, NATO nisbatan qisqa muddatli nizo stsenariysiga tayyorlanişi zarur. AQŞning Yevropa mudofaasi sohasidagi majburiyatlarini qisqartirişga tayyorgarligi va Yevropadagi eng yirik harbiy davlatlarda populistik kuçlarni qöllab-quvvatlaş ortib borayotgani fonida xavotirlar yanada kuçaymoqda.

Naşrning yozişiça, Buyuk Britaniya kabinetining yaqinda tayinlangan azolaridan biri Ğarb aholiga Rossiya bilan gibrid qarama-qarşilikning kölamini yomon tuşuntirganini tan olgan. Boşqa bir britan diplomati ham uning fikriga qöşilib, Buyuk Britaniyaning ketma-ket almaşgan boş vazirlari xavf kölamini jamiyatga yetkaza olmaganini takidlagan. Uning sözlariga köra, endi hukumatlar mudofaa xarajatlarini oşiriş uçun tayyorgarlikka ega bölmagan saylovçilarni ijtimoiy xarajatlarni qisqartirişga işontirişlariga töğri kelmoqda. 

“Muhokama darajasini boğça yoşidagi bolalar suhbatiga qiyoslaş mumkin”, deydi diplomat.

Konferentsiyada, şuningdek, Rossiya siyosiy va ijtimoiy qarama-qarşiliklardan foydalangan holda Yevropa bilan gibrid qarama-qarşilikda ğalaba qozonişi mumkinligi haqidagi xavotirlar ham muhokama qilingan. Diplomatlardan birining sözlariga köra, Sovuq uruş tugaganidan keyin Moskva Yevropa jamiyatining “ham söl, ham öng” qanotidagi xavotirlarini öz manfaati yölida işlatiş imkoniyatiga ega bölgan. Bu kelasi yili Polşa, Frantsiya va Italiyada bölib ötadigan saylovlarda öng-populistik kuçlarning yanada ösişiga xizmat qilişi mumkin. Populistik partiyalarning aksariyati, jumladan, Germaniyaning “Germaniya uçun muqobil” (AfD) partiyasi Rossiyaga xayrixohlik bildiradi.

Uşbu fonda Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi (MSC) doirasida Yevropaning beşta yetakçi harbiy davlatining yanada yaqinroq koordinatsiyasi ğoyasi ilgari surilmoqda. “E5” guruhi allaqaçon muntazam ravişda yiğilib, hozirda asosan AQŞ tomonidan taqdim etiladigan integratsiyalaşgan havo hujumidan mudofaa va raketaga qarşi mudofaa tizimlari, uzoq masofaga möljallangan yuqori aniqlikdagi qurollar hamda barvaqt ogohlantiruvçi kosmik tizimlarni birgalikda xarid qilişni muhokama qilmoqda. MSC raisi Volfgang Işinger Yevropa mudofaa sohasida yanada jipslaşişni talab qiladigan “ulkan va ekzistentsial tahdidlarga” duç kelayotganini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: