USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin Trampning odamlari bilan 3 soat muzokara ötkazdi

137 марта
Путин Трампнинг одамлари билан 3 соат музокара ўтказди

Keça, 5 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ Prezidenti Donald Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan muzokara ötkazdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Putinning amerikalik muzokaraçilar bilan uçraşuvi taxminan 3 soat davom etgan. Kreml muzokara Moskva vaqti bilan soat 19:55 da boşlanganini elon qilgan va u taxminan soat 23:00 da tugagan.

Uitkoff va Kuşner bilan muzokaralarda Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov hamda Prezidentning investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakili va Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev iştirok etgan. 

Uitkoff Putin bilan muloqot u uçun eng esda qolarli xotiralardan biriga aylanişini aytgan. 

“Istefoga çiqqanimizda eslaşimiz mumkin bölgan juda köp voqealar böladi va siz bilan muloqot eng yaxşi va eng esda qolarlilaridan biri böladi”, deydi u uçraşuv davomida.

Yuriy Uşakovning aytişiça, tomonlar Ukraina uruşini hal etiş böyiça “mazmunli va konstruktiv” suhbat ötkazgan.

“Rossiya tomonidan “maxsus harbiy operatsiya” ötkazilişi davomida yuzaga kelayotgan vaziyatga aniq va batafsil baho berildi. Xususan, jangovar harakatlar zonasida Rossiya armiyasining ilgarilaşidagi real muvaffaqiyatlari qayd etildi, qöyilgan maqsadlarga erişişga işonç bildirildi va, albatta, nizoning barça tub sabablarini bartaraf etiş zarurligi takidlandi. Prezidentimiz amerikaliklar bilan birgalikda siyosiy-diplomatik yeçimlarni izlaş böyiça işlarni davom ettiriş kayfiyatida ekanini tasdiqladi”, deydi Uşakov.

Moskvadan söng Uitkoff va Kuşner Kiyevga taşrif buyurişi kerak.

“Stiv Uitkoff va Jared Kuşner ertaga Kiyevdagi aloqalar davomida şaxsan Rossiya Prezidentidan olingan Ukrainadagi nizoni mustahkam tinç yöl bilan hal etişga çiqişga oid kuzatuvlar va baholarni işlatişga vada berişdi. Amerikalik vakillar uşbu safarga jiddiy tayyorgarlik körişgan. Ular tomonidan nafaqat jangovar harakatlarni tezroq tugatişdan ananaviy manfaatdorlik bildirildi, balki nizoni hal etişning ehtimoliy yöllari haqida bir qator mulohazalar ham şakllantirildi”, deydi u.

Uşakovning sözlariga köra, Kremldagi muzokaralarda iqtisodiy mavzular va ehtimoliy Rossiya-Amerika loyihalari ham muhokama qilingan.

“Umuman olganda, muzokaralar öz vaqtida ötkazilganini va ikkala tomon uçun ham juda foydali bölganini aytiş mumkin. Ikki mamlakatimiz Prezidentlari bundan buyon ham şaxsiy aloqalarni uşlab turişlari, şuningdek, Stiv Uitkoff va Jared Kuşner yönalişi böyiça işlar davom ettirilişi tasdiqlandi”, deydi u.

Eslatib ötamiz, Uitkoff va Kuşner Moskvaga keça, 5 sentyabr kuni kunduzi yetib kelgandi. Vnukovo aeroportida ularni Dmitriyev kutib oldi. Endi amerikalik muzokaraçilar Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar ötkaziş uçun Kiyevga jönab ketişi kerak. “Bloomberg” manbalarining malumotlariga köra, Kiyev muzokaralardan sezilarli ilgarilaşni kutmayapti.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp avvalroq Uitkoff va Kuşnerni “ajoyib muzokaraçilar” deb atagan. Ular “mukammal iş qilgan” va Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş böyiça taklif taqdim etişlari kerak. Trampning sözlariga köra, taklif yangi emas.

Putinning körsatmasiga binoan, Uitkoff va Kuşnerning u yerga taşrifiga tayyorgarlik köriş munosabati bilan 5 sentyabr yarim keçasidan boşlab Kiyevga zarba beriş 3 kunga töxtatildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham şunga öxşaş yöl tutdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: