USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sukunat buzildi: AQŞ va Eron kemalari hujumga uçradi

116 марта
Сукунат бузилди: АҚШ ва Эрон кемалари ҳужумга учради

AQŞ va Eron javob zarbalarini almaşdi. Bu bir oylik nisbiy sukunatdan söng bir hafta oldin harbiy harakatlar qayta boşlanganidan beri amalga oşirilgan navbatdagi hujumlar raundi böldi.

AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmoğida Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) AQŞ harbiylarining ikkita harbiy kemasiga ballistik raketalarni uçirganidan söng Eronning uçta neft tankeriga zarba berilganini malum qildi.

“Amerikaning aviataşuvçi kemasi va boşqariladigan raketalarga ega esminetsi Eron tomonidan amalga oşirilgan köplab sababsiz hujumlardan muvaffaqiyatli omon qolgan. Amerika tomonidan heç kim jabrlanmagan.

Eronning muvaffaqiyatsiz hujumlaridan söng CENTCOM Xarg oroli qirğoqlari yaqinidagi IIQKning M/T Downy tankerini va Jask yaqinidagi M/T Stark 1 tankerini butunlay işdan çiqargan. Amerika kuçlari, şuningdek, Ummon körfazida yuksiz bölgan M/T Kylo (şuningdek “Noksen” nomi bilan malum) tankerini ekipajga kemani tark etiş buyurilganidan söng bir neçta öta muhim joylariga zarba berib, foydalanişga yaroqsiz holga keltirdi va uni butunlay yöq qildi”, deyiladi xabarda.

CENTCOM malumotlariga köra, hujumga uçragan Eron neft tankerlari IIQK va uning mintaqaviy vakillarini (proksi-kuçlarini) moliyalaştiradigan köp milliard dollarlik xufiyona tarmoqning bir qismi hisoblanadi. Eronda ularni himoya qiliş uçun vositalar mavjud emasligi takidlanmoqda.

“Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga yöllangan murojaat aniq bölsin: agar siz bizning ikkita kemamizga öt oçsangiz, biz sizning uçta kemangizni yöq qilib, yanada kattaroq iqtisodiy zarar yetkazamiz. Biz Amerika kuçlarini himoya qilişdan ikkilanmaymiz va zarur bölsa, Eronning çeklangan hamda ojiz neft flotini yöq qilamiz”, deydi AQŞ Markaziy qömondonligi qömondoni Bred Kuper.

BBC xabar qilişiça, Eron davlat OAVlari zarbalarni tasdiqlagan va Tehron bunga javoban AQŞ bilan boğliq uçta kemaga, şuningdek, Hormuz böğozi orqali “ruxsat berilmagan” yönalişda harakatlanayotgan uçta neft tankeriga hujum qilganini malum qilgan.

Bundan taşqari, AQŞ hujumlaridan söng “Xatam al-Anbiyo” harbiy qömondonligi markaziy ştabining rasmiy vakili Ibrohim Zolfagari bayonot bilan çiqqan.

“Biz AQŞ armiyasini ogohlantiramiz: agar u öz yovuzliklarini va Eron kemalarini taqib qilişni davom ettirsa, ularni xavf ostiga qöysa hamda Eronning harbiy-dengiz blokadasini davom ettirsa, Eron qurolli kuçlarining Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy kemalariga beradigan zarbalari ilgarigidan ham kuçliroq böladi”, deydi Zolfagari. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron öz kuçiga işonç his qilayotgani va AQŞ razvedkasi baholaşiga köra, yaqin oylarda AQŞ bilan nizoni avj oldirişga qaror qilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: