Isroil Livanga aviazarba berdi. Qurbonlar bor
Bugun, 6 sentyabr tongida Isroil armiyasining Livanning turli hududlariga uyuştirgan aviazarbalari oqibatida tört kişi halok böldi, yana 20 kişi jarohat oldi. Bu haqda Livan Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Favqulodda vaziyatlar operatsiyalari markazi xabar berdi.
Bayonotga köra, Isroil armiyasining Nabatiya-al-Fauka aholi punktiga bergan zarbasi oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana ikki kişi jarohat olgan. Şuningdek, Isroilning Nabatiya şahridagi Rahibat tumaniga uyuştirgan zarbasi oqibatida esa sakkiz kişi, şu jumladan bir ayol va bir bola jabrlangan.
Arab-Salim aholi punktiga berilgan zarbalar oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana olti kişi jarohat olgan, ular orasida ikki nafar bola bor. Bundan taşqari, Isroil armiyasining Kafr-Rumman aholi punktiga bergan zarbasi oqibatida tört nafar ayol jarohat olgan.
Malumot uçun, Isroil 2023 yilning oktyabr oyida Livanga zarba berişni boşlagan, 2024 yilning sentyabr oyida esa nizo keng miqyosli uruşga aylanib ketgan edi. Jangovar harakatlar davomida 4 mingdan ortiq kişi halok böldi, 17 mingga yaqini jarohat oldi.
Joriy yilning 2 mart kuni Isroil armiyasi Livanga şiddatli aviazarbalar berişni boşladi va mamlakat janubidagi bir qator aholi punktlarini egalladi. Livan hukumati uşbu davr mobaynida öz uyini tark etgan şaxslar soni 1 million kişidan oşganini xabar qilgan.
Livan va Isroil örtasida 17 aprel kuni kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş rejimi keyinçalik bir neça bor uzaytirildi. Biroq Isroil armiyasi, sulhga qaramay, turli bahonalar bilan Livanga zarba berişni davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroilning Livan janubidagi Ansar şaharçasi çetidagi uyga bergan havo zarbasi oqibatida yetti kişi halok bölgandi.