USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Iqtisodi “ötirib” borayotgan Eron alamidan AQŞni keskin ogohlantirdi

157 марта
Иқтисоди “ўтириб” бораётган Эрон аламидан АҚШни кескин огоҳлантирди

Eron AQŞning sanktsiyalari va harbiy bosimi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy muammolarni hal qiliş çoralarini kuçaytirişini malum qildi. Şu bilan birga, Tehron AQŞ tomonidan yangi hujumlar amalga oşirilsa, javob zarbalari yanada oğir bölişidan ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof mamlakatning ehtimoliy yangi tahdidlarga javob beriş strategiyasi özgarayotganini bildirib, bundan keyingi javoblar tezroq va kuçliroq bölişini aytgan.

Tehron, şuningdek, strategik ahamiyatga ega Hormuz böğozi yaqinida çeklangan hudud joriy etişni rejalaştirmoqda. U yerga ruxsatsiz kirgan kemalarga nisbatan çoralar körilişi mumkin.

Eron iqtisodiyotiga AQŞ sanktsiyalari va neft eksportiga qöyilgan çeklovlar jiddiy tasir körsatmoqda. Mamlakatning neft sotuvi keskin qisqargani xorijiy valyuta tuşumlari, davlat daromadlari va taminot zanjirlariga bosimni kuçaytirgan.

Eron Iqtisodiyot vaziri Ali Madani Zoda iqtisodiy islohotlar mamlakatning özi tomonidan amalga oşirilişini va taşqi kuçlarning aralaşuvi qabul qilinmasligini takidlagan.

Ayni paytda Eronning Iqtisodiy uruş ştabi uruş va sanktsiyalar oqibatlarini yumşatiş, içki bozorni taminlaş hamda iqtisodiy barqarorlikni saqlaş böyiça çoralarni kuçaytirmoqda.

Tehron malumotlariga köra, neft sanoati uçun muhim bölgan Xark oroli 550 martadan ortiq zarbaga uçraganiga qaramay, hozir ham işlamoqda.

Malumot uçun, Eron va AQŞ örtasidagi qarama-qarşilik fevral oyi oxirida AQŞ va Isroilning Eronga qarşi zarbalari boşlanganidan keyin keskinlaşgan. Iyunda vaqtinçalik sulh elon qilingan bölsa-da, keyinçalik tomonlar örtasida özaro zarbalar yana tiklandi.

Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda AQŞ Eron tankerlariga zarbalar berganini malum qildi, Tehron esa AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga qarşi hujumlar uyuştirdi. Hormuz böğozi atrofidagi keskinlik jahon neft bozoriga ham tasir körsatmoqda: Brent nefti narxi 96 dollardan oşdi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: