Eron AQŞ va Fors körfazi davlatlarini keskin ogohlantirdi
Eron AQŞ öz hududiga yana zarba bersa, Fors körfazidagi muhim energetika infratuzilmalariga javob zarbalari berişdan ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
Agentlik malumotiga köra, ogohlantiriş AQŞ Prezidenti Donald Tramp 28 iyul kuni Eronning energetika tarmoği va infratuzilmasiga zarba beriş bilan tahdid qilganidan keyin yuqori darajadagi diplomatik muloqotlar orqali yetkazilgan.
Manbalarning aytişiça, Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Saudiya Arabistoni, Turkiya va Qatar Taşqi işlar vazirlari, şuningdek, Pokiston armiyasi qömondoni bilan muloqot qilgan. U Vaşingtonning Fors körfazidagi ittifoqçilarini Trampni yangi harbiy amaliyotdan qaytariş uçun öz tasiridan foydalanişga çaqirgan.
Katta mintaqaviy diplomatning sözlariga köra, Aroqçi har qanday hujum Eronning AQŞ obektlari hamda Fors körfazidagi energetika inşootlariga qarşi javob çoralarini körişiga olib kelişini bildirgan. Manbalardan biri Eronning xabari “aniq va ikkilanmas” bölganini takidlab, AQŞ Eron infratuzilmasini nişonga olsa, Tehron Fors körfazidagi energetika obektlari va boşqa mintaqaviy nişonlarga zarba berişini aytgan.
“Reuters” malumotiga köra, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon şundan söng Donald Tramp bilan muloqot qilib, harbiy harakatlarni keçiktiriş, muzokaralarga qaytiş, öt oçişni töxtatiş va diplomatik yeçim izlaşga çaqirgan.
Manbalarga köra, Qatar, Ummon va Saudiya Arabistoni ham Vaşingtonni Tehron bilan muzokaralarni qayta tiklaşga çaqirgan. Eron esa AQŞning yangi zarbalari “butun mintaqani olov içiga taşlaşi mumkinligi” haqida ogohlantirgan.
Agentlik suhbatlaşgan eronlik rasmiylardan biriga köra, yangi hujum sodir bölsa, Tehron neft va gaz inşootlari, neftni qayta işlaş zavodlari, elektr tarmoqlari, suv taminoti, transport infratuzilmasi hamda neft konlarini nişonga olişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eron bilan katta uruşga tayyorgarlik körayotgani haqida xabar berilgandi.