Bugun AQŞ va Eron tinçlik memorandumini imzolaşi mumkin
Bugun, 14 iyun kuni Jenevada AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik memorandumi imzolanişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Naşr manbalarining sözlariga köra, hujjatni Amerika Qöşma Ştatlari vitse-prezidenti Jey Di Vens va Eron parlamenti spikeri Muhammad Boğir Ğolibof imzolaşi kutilmoqda.
Naşrning qayd etişiça, memorandum loyihasida Hormuz böğozining oçilişi evaziga Eron aktivlarini blokdan çiqariş va neft sanktsiyalarini bekor qiliş közda tutilgan. Eron yadro dasturi masalasi esa keyingi 60 kunlik muzokaralar davomida muhokama qilinadi va bu muzokaralar yakunda dasturning tugatilişi hamda boyitilgan uran zaxiralarining yöq qilinişiga olib borişi kerak.
Şu bilan birga, Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi zaxiralarning mamlakat içida yöq qilinişi Tehron uçun yagona maqbul variant ekanini aytgan.
Naşr suhbatdoşlarining aytişiça, tomonlar, şuningdek, Eronga kompensatsiya tölanişi ehtimoli va raketa dasturini çeklaş böyiça talablardan voz keçişni ham muhokama qilmoqda, biroq amerikalik rasmiylar uşbu malumotni rad etmoqda.
“Eron öz majburiyatlarini bajarmagunça uning heç qanday mablaği blokdan çiqarilmaydi. Hormuz böğozi oçiladi. Eron terrorçi guruhlarni moliyalaştirişni töxtatadi. Ular mana şunga kelişib oldilar. Bu natijalarga asoslangan kelişuvdir”, deydi “Reuters” manbalaridan biri.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik şartnomasining yakuniy kelişuvi yaqin 24 soat içida amalga oşişi kutilayotgani haqida malum qilgan edi.