Qirğizistonlik maşhur amaldorning öğli Toşkentda millionerning qiziga uylandi
Toşkentda Qirğizistonning sobiq bojxona xizmati raisi örinbosari Rayimbek Matraimovning öğli Aymenning töyi böldi. Uning rafiqasi Qozoğistonning neft sohasidagi taniqli biznesmeni Jakip Marabayevning nabirasi ekani malum böldi. Bu haqda Qirğizistonning ““KaktusMedia”” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 30 avgust kuni Toşkentdagi Marriott Hotel Taşkent mehmonxonasida Aymen Matraimov va Samiraning töyi bölib ötgan.
Töyda Qirğizistonda tanilgan siyosatçilar, jamoat arboblari va tadbirkorlar ham qatnaşgan. Ular orasida Yusufbek Körğonboy öğli, Elmirza Sotiboldiyev, Ibrohim Yunusov kabi sobiq deputatlar, şifokor Sobirbek Jumabekov va tadbirkor Asqar Salimbekov bor. Şuningdek, marosimda rossiyalik xonandalar Lyusya Çebotina va Filipp Kirkorov hamda qozoğistonlik xonanda Raim ham çiqiş qilgan.
Malumotlarga köra, Aymen Matraimovning rafiqasi Samira Qozoğistonning neft sohasidagi taniqli biznesmen Jakip Marabayevning nabirasi. Samira Jakip Marabayevga qizi Leyla Sultonboyeva orqali qarindoş hisoblanadi hamda u Semurg Invest xoldingida korporativ direktor lavozimida işlaydi.
Manbaga köra, Semurg Invest Marabayevlar oilasi bilan boğliq bölib, infratuzilma, transport-logistika, quriliş va investitsiya loyihalarida faoliyat yuritadi.
Xoldingning asosiy loyihalaridan biri Qozoğistonning Manğistoğ viloyatidagi Kurik portida joylaşgan köp funktsiyali “Sarja” dengiz terminali hisoblanadi. Loyiha Kaspiy dengizi orqali yuk taşiş imkoniyatlarini kengaytiriş va Transkaspiy xalqaro transport yönalişini rivojlantiriş bilan boğliq.
Rayimbek Matraimov Qirğiziston Davlat bojxona xizmatida rais örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U mamlakat bojxona tizimidagi ehtimoliy korruptsiya holatlari yuzasidan ötkazilgan jurnalistik tekşiruvlardan keyin jamoatçilik etiboriga tuşgan.
Jurnalistlar olib borgan suriştiruvlarda Matraimov va uning yaqinlari bojxona orqali yuklarni olib kiriş va olib çiqiş bilan şuğullanuvçi 3 ta yirik terminal faoliyatiga tasir körsatgani, şuningdek, noqonuniy yuk aylanmasi bilan boğliq sxemalarda tilga olingani haqida malumotlar berilgan.
2020 yilning oktyabrida Matraimov korruptsiya bilan boğliq jinoyat işi doirasida hibsga olingan. 2021 yil fevral oyida Bişkek şahridagi Birinçi may tuman sudi uni aybdor deb topgan. Sud jarayonigaça u davlatga yetkazilgan 2 milliard qirğiz somi miqdoridagi zararni qoplagan. Şundan söng unga 260 ming som jarima jazosi tayinlangan.
2024 yilda sobiq bojxona amaldori yana huquq-tartibot idoralari etiboriga tuşgan. Unga davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş hamda bezorilik bilan boğliq ayblovlar ilgari surilgan va u bir neça oy davomida hibsda saqlangan.
2024 yilning noyabrida Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyev Rayimbek Matraimovni umumiy qiymati qariyb 200 million dollarga teng deb baholangan aktivlarni davlat tasarrufiga ötkazganini bildirgan.
Şundan keyin u hibsdan çiqarilgan. Öşa yilning dekabrida sud Matraimovni bezorilik va davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş bilan boğliq işda aybdor deb topib, 100 ming qirğiz somi miqdorida jarima belgilagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq beş karra “Oltin töp” sohibi va futbol tarixidagi eng yaxşi töpurar Kriştianu Ronaldu Jorjina Rodrigesga uylangani haqida xabar berilgan edi.