Rossiyada 11 alpinist qor ostida qolib, halok böldi
Keça, 6 sentyabr kuni Rossiyaning Qabarda-Balqariya avtonom respublikasidagi Bezengi darasida qor köçkisi oqibatida 11 nafar alpinist halok böldi, yana olti kişining taqdiri nomalumligiça qolmoqda. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining (FVV) hududiy boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, guruhda jami 33 kişi bölgan. Ulardan ön nafari mustaqil ravişda pastga tuşa olgan, yana olti kişi jarohat olib, şifoxonalarga yetkazilgan. Qutqaruv-qidiruv operatsiyasida 56 kişi iştirok etmoqda. Işlarni murakkab relef va saqlanib qolayotgan qor köçkisi xavfi qiyinlaştirmoqda. Ob-havo yaxşilangaç, qidiruv işlariga FVVning Mi-8 vertolyoti va tijorat vertolyotini jalb qiliş rejalaştirilmoqda.
Qor 6 sentyabr kuni soat 17:00 atrofida Mijirgi toği yonbağridan köçgan. Dastlab FVV 15 nafar alpinistdan iborat guruh, ikki nafar halok bölgan, uç nafar jabrlangan va taqdiri nomalum bölgan yana ön kişi haqida xabar bergan. Keyinçalik idora guruhda 33 kişi bölganiga aniqlik kiritgan.
Tergov qömitasi beparvolik moddasi böyiça jinoyat işi qözğatgan. Hodisa yuz bergan hududda noqulay ob-havo haqida ogohlantiriş amal qilayotgan bölgan. FVV malumotlariga köra, qidiruv işlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq dunyoning eng maşhur alpinistlaridan biri, dunyodagi eng baland 14 ta toğni zabt etiş böyiça rekordi bilan köpçilikka tanilgan Nirmal Purja qor köçkisi oqibatida halok bölgandi.