Finlyandiya Rossiya bilan çegarada 200 kilometrlik tikanli sim tortdi
Finlyandiya umumiy uzunligi 200 km bölgan çegara tösiğini qurişni yakunladi. Bu haqda Yle naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyiha qiymati 356 million yevroni taşkil etgan. Tösiq metall törli devor, patrul xizmati uçun yöl, örmondan tozalangan yölak va texnik kuzatuv tizimidan iborat. U Laplandiyadan tortib Fin qöltiği sohiligaça bölgan 1300 kilometrdan ortiq uzunlikdagi çegaraning alohida uçastkalarini qamrab oladi.
Şuningdek, 21 avgust kuni Yle naşri 200 kilometrlik tösiq töliq tiklangani, biroq pardozlaş işlari davom etayotgani haqida yozgan. Tösiq Fin qöltiği sohilidan Laplandiyagaça bölgan alohida uçastkalardan iborat: tikanli sim örnatilgan metall törli devor örmonlar, dalalar, qoyali va botqoqlik hududlari orqali ötadi. Çegara böylab daraxtlar kesib taşlangan, yöl yotqizilgan va kuzatuv tizimi örnatilgan, murakkab uçastkalarda esa köprik konstruktsiyalari va pontonlar işlatilgan.
Quriliş taxminan ming nafar yer egalarining yerlariga tasir körsatgan. Ularga davlat 3 million yevroga yaqin kompensatsiya tölab bergan. Ulardan biri, Virolaxtidan bölgan pensioner Raymo Yokela qarindoşi bilan birga tösiq yönalişi böyiça mamuriy sudga şikoyat qilgan, ammo yutqazgan. Uning sözlariga köra, qurilişdan söng oilaviy dalalarni ijaraga berişdan olinadigan daromad kamaygan. Bu hududdagi yer XIX asrdan beri uning oilasiga tegişli.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Kareliyada – Finlyandiya çegarasidan bor-yöği bir neça ön kilometr uzoqlikda yangi harbiy şaharça qurişni boşlagani haqida xabar berilgan edi.