Litva Rossiya va Belarus bilan çegaradagi köpriklarni portlatişga tayyorgarlik kördi
31-12-2025, 18:38
261 марта

Litva Rossiya va Belarus bilan çegaradagi köpriklarni portlatişga tayyorgarlik kördi
Litva aholisi köpriklarda deyarli bir vaqtning özida quriliş işlari boşlanganiga etibor qaratgan. Harbiylar bu işlar 2024 yil iyul oyida kelişib olingan mudofaani mustahkamlaş çoralari doirasida olib borilayotganini aytdi.
“Köpriklar va yöllar tabiiy tösiqlarning joylaşuvi va ularning Litva mudofaa tizimi uçun strategik ahamiyatini hisobga olgan holda tanlanadi”, dedi ularLitva çegara böylab tankka qarşi va boşqa texnikalarni saqlaş uçun bir neçta punktlar taşkil etgan. Bundan taşqari, asosiy yöllarni himoya qiliş maqsadida daraxtlar ekilmoqda, suğoriş kanallari esa tranşeya va qöşimça tankka qarşi tösiq vazifasini bajarişi uçun çuqurlaştirilmoqda.
“Qurolli mojaro yuz bersa, çegara yaqinidagi köpriklarni tezroq portlatiş mumkin böladi. Bu esa duşman harbiy kuçlarining harakatini tösişga yordam beradi”, deyiladi xabarda.

“Men Rossiya NATOning 5-moddasini sinovdan ötkazişi va keyingi navbat Yevropaga kelişi haqidagi jangovar ohangdagi gaplardan bir oz xavotirdaman. Biz bunga tayyor bölişimiz kerak, ammo bunday holat ehtimoli juda kam”, degan edi prezident Aleksandr Stubb ötgan yil aprel oyida.