USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Savdo uruşi: Kanadaning AQŞga qarşi javob tariflari kuçga kirdi

68 марта
Савдо уруши: Канаданинг АҚШга қарши жавоб тарифлари кучга кирди

Kanada AQŞ bilan savdo muzokaralari töxtab qolgaç, AQŞ tovarlariga javob tariqasida joriy etgan tariflarini bugun, 8 sentyabr kuni yarim tunda keyin kuçga kiritdi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Kanadaning javob tariflari AQŞdan import qilinadigan 20 milliard dollarlik mahsulotlarga taalluqli bölib, boj stavkalari mahsulot turiga qarab 15 foizdan 50 foizgaça etib belgilangan. Tariflar pölat, mebel, kiyim-keçak, elektronika va boşqa mahsulotlarga nisbatan qöllanadi.

Bu çoralar AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan ötgan oy Kanada mahsulotlariga kiritilgan, qiymati 20 milliard dollarni taşkil etuvçi tariflarga javoban joriy qilingan. AQŞ tariflari Kanada eksportining qariyb 5 foizini qamrab olgan.

Kanada Boş vaziri Mark Karni hukumatining AQŞ bilan ikki tomon uçun ham manfaatli savdo kelişuvini tuzişga tayyorligini bildirgan. Biroq hukumat manbasiga köra, hozirda ikki davlat vazirlari yoki hukumat vakillari örtasida muzokaralar olib borilmayapti.

Naşrga köra, Kanada eksportining bu yil qariyb 68 foizi AQŞga yönaltirilgan. Uning qariyb 80 foizi AQŞ, Kanada va Meksika örtasidagi “United States – Mexico – Canada Agreement” (USMCA) savdo kelişuvi doirasida bojxona tölovlaridan ozod qilingan. Biroq yangi AQŞ tariflari uşbu kelişuvdagi imtiyozlardan foydalanişga imkon bermaydi.

Kanadalik mutaxassislar ikki davlat örtasidagi tariflarning kuçayişi savdo uruşining yanada avj olişiga olib ketişidan xavotir bildirmoqda. Kanada AQŞ iqtisodiyotidan qariyb 13 barobar kiçik bölgani sababli, bu vaziyat investitsiyalar va iqtisodiy ösişga salbiy tasir körsatişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ savdo muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan söng Kanadaning ayrim tovarlariga 50 foizlik boj joriy qildi.  Bunga javoban, Kanada AQŞning yangi bojlariga javoban 700 ga yaqin turdagi Amerika mahsulotlariga qöşimça boj joriy qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: