Rossiya Özbekistondan olgan notaga munosabat bildirdi
11-06-2025, 15:21
1 916 марта

Rossiya Özbekistondan olgan notaga munosabat bildirdi
Avvalroq, Özbekiston Rossiyada bölib turgan mehnat migrantlariga nisbatan kuç işlatar tuzilmalar tomonidan qilinayotgan qöpol, inson huquqlariga zid harakatlar yuzasidan nota yuborib, huquq-tartibot organlarining faoliyatiga huquqiy baho berilişini söragandi. Rossiya tomoni Özbekistondan qabul qilingan notadagi malumotlarni diqqat bilan körib çiqmoqda va mamlakat rasmiylarining tegişli sörovi vakolatli organlarga yetkazilmoqda. Olingan obektiv malumotlar belgilangan tartibda Toşkentga uzatiladi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova malum qildi.“Özbekiston elçixonasidan nota olinganligi munosabati bilan undagi malumotlarni sinçkovlik bilan örganmoqdamiz. Huquqni muhofaza qiliş va boşqa xizmatlar orqali bizda bevosita aloqa kanallari mavjudligini qayd etmoqçiman. Ittifoqçilar örtasida odat bölganidek, suhbat oçiq va har qanday signal diqqat bilan körib çiqiladi. Özbekiston tomonining yuqorida qayd etilgan murojaati vakolatli organlarga yetkaziladi. Qabul qilingan obektiv malumotlar belgilangan tartibda şeriklarga ötkaziladi”, dedi Zaxarova.
Şuningdek, Rossiya TIV vakili Toşkent va Moskva mustahkam ittifoqçilik va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlariga ega ekanini, ikki tomonlama munosabatlarning barça masalalariga şu nuqtai nazardan yondaşilayotganini takidlagan.
Eslatib ötamiz, joriy hafta boşida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya poytaxti Moskvadagi Mudofaa vazirligi muassasalaridan birida xavfsizlik kuçlari migrantlarga qarşi reyd ötkazgani videosi tarqaldi. Holat joriy yilning 8 iyun kuni kuni sodir bölgan. Videoda kuç işlatar tuzilmalar xodimlari migrantlarni urib, tepib, haqoratlab, binodan haydab çiqarayotganini köriş mumkin.
Mazkur vaziyatga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi ham munosabat bildirdi. Vakolatxonaga köra, Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan rasmiy malumot kutilmoqda. Özbekiston Respublikasi Moskva şahridagi Boş konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi uşbu masalani nazoratga olgan.