Qozoğistonda 120 tonna neft mahsuloti yonib ketdi
Qozoğistonning Qizilörda şahridagi neftni qayta işlaş zavodida 120 tonna neft mahsuloti yonib ketdi. Bu haqda “Zakon.kz” Qizilörda viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining malumotlariga tayanib xabar berdi.
Malum qilinişiça, yonğin Şokay köçasida joylaşgan neftni qayta işlaş zavodida yuzaga kelgan. Hajmi 60 tonnadan bölgan ikki rezervuar oçiq alanga içida qolgan.
Yonğinning boşqa inşootlarga tarqaliş xavfi yuzaga kelgan. Uni bartaraf etiş uçun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy ijro organlari va boşqa xizmatlarning kuç va vositalari jalb etilgan.
Hodisa joyida yonğinni öçiriş böyiça tezkor ştab taşkil etilgan. Yaqindagi rezervuarlarni himoya qiliş maqsadida köçma lafet stvollari qöllanilib, köpikli öçiriş usuli qöllanilgan. Qutqaruv işlariga qöşimça ravişda yonğin öçiriş poyezdi ham jalb etilgan.
Yonğin 200 kvadrat metr maydonni qamrab olgan va töliq bartaraf etilgan.
Hozirda yonğin kelib çiqiş sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni tunda Rossiyaning Ryazan neftni qayta işlaş zavodida Ukraina dronlar zarbasi oqibatida yonğin çiqib, korxonaning asosiy işlab çiqariş quvvatlariga zarar yetgan edi.