Rossiya boşladi: Kiyev yana raketa va dronlar ostida qoldi
Rossiyaning bugun, 8 sentyabr kuni Kiyevga uyuştiran yirik raketa va dron hujumi oqibatida 2 kişi halok böldi, jarohatlanganlar soni esa 10 nafarga yetdi. Bu haqda Ukraina Içki işlar vazirligi malum qildi.
“Rossiyaning yirik hujumidan söng Kiyevda 2 kişining jasadi topildi. Jarohatlanganlar soni 10 nafarga yetdi“, deyiladi vazirlik xabarida.
Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malum qilişiça, jarohatlanganlarning beş nafari şifoxonaga yotqizilgan. Ularning ikki nafari oğir ahvolda.
Qutqaruvçilar hujum oqibatlarini bartaraf etiş işlarini davom ettirmoqda. Golosievskiy va Podilskiy tumanlaridagi bir neçta hududda noturar binolarda yuzaga kelgan yonğinlar öçirilmoqda. Dneprovskiy tumanida quruq ötlar yonişi oqibatida kelib çiqqan yonğin ham nazoratga olingan.
Golosievskiy tumanida hujum oqibatida dron qoldiqlari bir neçta hududga tuşgan. Omborxonalar va xususiy maktab hududida yonğin çiqqan. Şuningdek, dron qoldiqlari turarjoy binosiga tuşib, ayrim odamlar xonadonlarida qolib ketgan. Qurilişi tugallanmagan 26 qavatli bino ham zarar körgan.
Darnitskiy tumanida tuşgan dron qoldiqlari omborxonalarga zarar yetkazib, yonğin çiqişiga sabab bölgan. Xususiy uy yaqinidagi garaj ham yonib ketgan, bir avtomobil zarar körgan.
Podilskiy tumanida noturar binolar joylaşgan hududlarning bir neçta qismiga dron qoldiqlari tuşgan. Omborxonalarda yonğin çiqqan. Solomyan tumanida esa dron qoldiqlari tuşişi oqibatida bitta noturar va ikkita turar joy binosida yonğin yuzaga kelgan.
Hodisa joylarida favqulodda xizmatlar va kommunal xodimlar işlamoqda. Ular yonğinlarni öçiriş, dron qoldiqlarini tozalaş va hujum oqibatlarini bartaraf etiş bilan şuğullanmoqda.
Kliçko qurbonlar soni va yetkazilgan zarar haqidagi malumotlar hali yangilanayotganini bildirgan.
Keyinroq u Kiyevning Şevçenkovskiy tumanida ham tuşgan dron qoldiqlari oqibatida omborxonada yonğin çiqqanini malum qilgan. Podilskiy tumanida esa bino zarar körgan, biroq yonğin qayd etilmagan. Favqulodda xizmatlar zarar körgan hududlarga yönaltirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya droni Ukraina Xavfsizlik xizmatining (UXX) Kiyevdagi qarorgohiga zarba bergan edi.